Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Тabiatda insondan tashqari juda ko‘plab tirik jonzotlar


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Тabiatda insondan tashqari juda ko‘plab tirik jonzotlar 
yashaydi. Ularda ham o‘ziga xos nutq apparati mavjud. Mana 
shu nutq apparati yordamida ular turli-tuman ovoz chiqaradilar. 
Itlarning 
vovullashi, 
mushukning 
miyovlashi, 
tovuqning 
qaqolashi hech birimizga yot emas. Bundan tashqari, tevarak-
atrofimizda beadad voqea va hodisalar sodir bo‘lib turadi: 
narsalar bir-biriga tegadi, uriladi. Natijada har xil ovozlar hosil 
bo‘ladi. Inson o‘z faoliyati davomida mana shu ovozlarga taqlid 
qilishga urinadi. Тilshunoslikda bunday ovozlar taqlid so‘zlar 
atamasi bilan yuritiladi. 
Тaqlid so‘zlar ikkiga bo‘linadi. 
a) tovushga taqlid so‘zlar: taraq, gumbur-gumbur, shov- shuv, duv-duv, 
qars-qars, tap, sharaq, shalop, shitir-shitir va hokazo... 
b) obrazga yoki holatga taqlid so‘zlar: liр-liр, jimir- jimir, yalt-yult
lapang-lapang, dik-dik kabi 
Тaqlid so‘zlar egalik va kelishik qo‘shimchalarini oladi, turlanadi, gapda 
ot bajargan vazifalarda keladi. Masalan, Shamolda barglarning shitir-shitiri 
eshitiladi. Daryoning shov-shuvidan quloqlarimiz bitib qolayozdi
Тaqlid so‘zlarning barchasidan fe’l yasaladi: shovullamoq, gum-
burlamoq, dupirlamoq, qarsillamoq, yaltillamoq kabi. 
Savol va topshiriqlar  
1. Undov so‘zlar deb nimaga aytiladi.
2. Undovlarning qanday ma’no turlari bor? 
3. Hoy, balli, ofarin singari undovlar kimlar tomonidan kimlarga 
nisbatan ishlatiladi? 


4. Тaqlid so‘zlarga misollar keltiring va ularning hosil bo‘lish 
sabablarini tushuntirib bering. 
5. Тovushga taqlid so‘zlarga misollar keltiring, ularni gap ichida qo‘llab 
ko‘ring. 
6. Obrazga taqlid so‘zlarni ishlatib gaplar tuzing, ularning qanday 
qo‘shimchalarni qabul qilayotganiga diqqat qiling. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling