Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

365-mashq. Dialoglarni o‘qing. Undov so‘zlarni topib, ularning 
ishlatilish o‘rinlariga diqqat qiling. 
Sobir uni ko‘tarib otga mindiradi.
— Chu!
— Men hayday? — so‘raydi Zulfiya
— Qo‘rqmaysanmi? Ot yomon, olib qochib ketadi.
— Meni ushla sen. Sobir uning yelkasidan ushlab oladi.
— Ketdik. Voy, chopib ketayapti-ku! 
— Ot bo‘lgandan keyin chopadi-da. Qo‘rqma, tezroq haydayver.
Zulfiya haqiqiy aravakashlarga o‘xshatib:
— No-o-o! Jonivor, no-o-o! — dedi.
Ot qattiqroq chopa boshlaydi. 
— Qani, men olay, — Sobir cholning qo‘lidan chelakni oldi.
— O‘h-ho‘! Muncha muzdek? 
— Quduqning suvi-da, — dedi Nazir ota g‘urur bilan.
— Тag‘in meshda olib keldim. 
Ko‘p ichmang, o‘g‘lim, tomoq og‘rig‘i bo‘lib qolasiz. 
— O, Тoshkent, Samarqand! — havas bilan dedi Anna-Mariya, — 
xorosho! 
Uning oppoq tishlari marvarid donalariga o‘xshardi. 
— U yerlarda bo‘lganmisiz?
Anna-Mariya yo‘q, deya boshini qimirlatdi.
Нo oччен-н, oччен-н по-бивать...
(O‘. Umarbekov) 
366-mashq. Quyidagi undov so‘zlarni ikki ustunga bo‘lib ko‘chiring va 
ular ishtirokida og‘zaki gaplar tuzib, ishlatilish o‘rinlarini izohlang. 


Oh, kisht, ey, uh, mah-mah, chuh, tr-r-r, uf, bay-bay, o‘hho‘, ehe, ohho, 
beh-beh, obbo, voyey, pisht, qurey-qurey, tu-tu, bah-bah, iya, oho. 
367-mashq. «Jimjitlik» romanidan olingan parchalarni o‘qing. Undov 
so‘zlarning ishlatilish o‘rinlarini tushuntirib bering. 
— Obbo Sen-ey, — dedi mehmon. — Zo‘r bolasan-da. 
— Shogirdingizman-da, Hoji aka, — Rasulbek yaltoqlanib mehmonlarga 
yo‘l boshladi. 
Hoji aka har gal taomni og‘ziga solganda Rasulbek sha’niga hamd-u 
sano o‘qirdi. Pazandaligini astoydil maqtardi. 
— Vey, bu hunarni qaydan o‘rgangansan, palakat? Juda zo‘r ekansan-
ku. 
Тolibjon undan, to‘rvangda nima bor, deb so‘raganda u, ohaktosh bilan 
tomatdan bo‘shagan banka, keyin picha kir sovun bor deb javob berdi. 
— Iya, bularni nima qilasan? 
Bola juda bilag‘onlik bilan zo‘r ish qilmoqchiligini bildiradigan harakat 
qildi. 
— Buloq tepasidagi katta qoratoshga otimizni nimada yozamiz? Ohakni 
bankaga solib, tepasiga sovun yaproqlar solamiz, keyin suv quysak vaqirlab 
qaynab ketadi. Qatiqqa o‘xshab oppoq atala bo‘ladi, o‘sha bilan toshga 
hammamizning otimizni yozaman. 
(Said Ahmad) 
368-mashq. O‘tkir Hoshimovning «Ikki eshik orasi» romanidan olingan 
parchalarda ishlatiltan undov va taqlid so‘zlarga diqqat qiling, ularning 
uslubiy xususiyatlarini aniqlang.
Bobom quruq aravani tortishga ham madori qolmagan eshagini «xix-
xix»lab yo‘lga tushdi. Chiqib ketayotganida chol-kampir pichir-pichir 
qilayotganini sezdim. Bobomning «a?» degani qulog‘imga chalindi. 
— Pish-e! — oyog‘imga suykalgan mushukni bir tepgan edim, «big‘» 
etib uch qadamcha nariga borib tushdi. Oyim dik etib o‘rnidan turdi. 
— Voy-voy-voy, sodda mug‘ambirey! — ikki qo‘llab yuzimdan ushlab 
ko‘zlarimga tikildi. 
Cholimning aytishicha tabib sigirini ham sizlab gapirarkan. «Chu» 
demay, «chuing» derkan. 
— Shoshma, Qorako‘z, shoshma... Drr! Xop!
Ana bo‘ldi. Ketdik.


— Chu, birodar. 
369-mashq. Quyidagi taqlid so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing, ularning 
ishlatilish o‘rinlarini izohlang. 
Тaqir-tuqur, qars-qurs, gup, taka-tum-tak, g‘ir-g‘ir, miyov-miyov, liр-liр, 
yalt-yult, lapang-lapang, gumbur, g‘isht, shov-shuv, dir-dir, dag‘-dag‘, pish-
pish, taq-tuq. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling