R e j a:
* So‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari.
* Qo‘shma so‘zlar, ularning sodda so‘z hamda so‘z
birikmasidan farqi.
* Qo‘shma so‘zlar bilan sodda so‘zlar sinonimiyasi.
Тopshiriq. «Imlo lug‘ati»dan qo‘shma so‘zlarga o‘nta
misol
keltiring. Qo‘shma so‘zlarning sodda so‘zlardan farqini ayting
So‘zlar tuzilishiga ko‘ra uch turga bo‘linadi:
1. Sodda so‘zlar. 2. Qo‘shma so‘zlar. 3. Juft va takroriy so‘zlar.
Faqat bir o‘zakdan tashkil topgan so‘zlar sodda so‘zlar
hisoblanadi. Masalan,
keldi, yondirishdi, yigitlarga, g‘allachilik,
lalmikor, yettinchi, o‘rikzor kabi.
Ikki va undan ortiq o‘zaklardan tashkil topgan so‘zlar
qo‘shma so‘zlar sanaladi. Masalan,
shirinzabon, muzqaymoq, ishlab
chiqarish, kungaboqar kabi.
Qo‘shma so‘zlar tilning tarixiy taraqqiyoti davomida aslida ikki va
undan ortiq so‘zlarning birikuvidan tashkil topgan, lekin hozirgi o‘zbek tili
nuqtayi nazardan bu birikuv o‘z kuchini yo‘qotib bir so‘zga aylanib qolgan
bo‘ladi. Shuning uchun qo‘shma so‘z tarkibida alohida so‘z bo‘lib ko‘ringan
qismlar (
kunga-boqar, beshik-tervatar, nomoz-shom-gul) hozirgi o‘zbek
tilida so‘zlik xususiyatini yo‘qotgan, bir so‘z tarkibidagi ma’noli qism
(morfema)lar sanaladi.
Qo‘shma so‘zlar bitta so‘z bo‘lganidan, ularning qismlari orasiga boshqa
ma’noli qismni kiritib bo‘lmaydi. Masalan,
kungaboqar so‘zining
kunga
qismidagi
-ga ni boshqa kelishiklar bilan almashtirib bo‘lmaydi.
Shuningdek,
bu qism egalik, ko‘plik shakllarini ham olmaydi. Ana shu
xususiyati bilan so‘z birikmasidan va sodda so‘zning ko‘makchi fe’lli
shaklidan farq qiladi. Solishtiring:
uxlab chiqdi —
uxlamay chiqdi; kunga
qaradi —
kun qaradi (so‘z birikmasi). Qo‘shma so‘zlar
qismlari birikib
bitta so‘zning tarkibiga aylangani uchun ular ko‘pincha sodda so‘zlar bilan
sinonimik munosabatda bo‘ladi. Masalan,
o‘sal qilmoq —
uyaltirmoq,
oq
qilmoq —
haydamoq,
bayon qilmoq —
so‘zlamoq; kamchiqim —
pishiq,
shifobaxsh —
dori,
hamnafas —
yaqin va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: