Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Savol va topshiriqlar  
1. Sodda va qo‘shma so‘zlarning o‘zaro farqini ayting.


2. Qo‘shma so‘zlarning o‘ziga xos xususiyatini bayon qiling. So‘z 
birikmasidan farqini ayting. 
373-mashq. Yasama sodda so‘zlarga, shuningdek, qo‘shma so‘zlarga 
misollar yozing. 
374-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning qaysi 
usul bilan hosil qilinganligini aniqlang. Uni sodda so‘zlar bilan almashtirib 
ko‘ring. 
...Xatlibegim qo‘lidagi tasbehini xontaxtaga qo‘yib, piyoladagi 
sharbatdan bir ho‘pladi. 
— Mavlono! Men sho‘rlik sizni yo‘qlab kelishdan murodim, xabaringiz 
bor, valine’mat davlatpanoh, — iloyo umri uzoq bo‘lg‘ay! — og‘ir dardga 
chalinmish. Saroy to‘la alloma, mushkul kalom, dovrug‘i jahon hakimlar, 
biroq sho‘rlik og‘am o‘z yog‘ina o‘zi qovurilib yotmish! Dardiga davo
ko‘ngliga orom berguvchi na bir habibi bor, na bir tabibi. — Xatlibegim 
harir durrasining uchini ko‘ziga bosib, piq-piq yig‘lab yubordi. — 
Olampanohning dardiga davo qidirish o‘rniga saroyda ig‘vo, fisq-fasod! 
Inongan tog‘lari Ali G‘arib bilan Abul Hasanak bo‘lsa martaba talashishdan 
boshqani bilmas. Davlatpanoh olamdan o‘tsa, iloyo, bichgan kafanlari 
o‘zlarig‘a buyurg‘ay! — taxtga kim o‘ltiradi? Shundan boshqa tashvishlari 
yo‘q ularning! Тo‘ng‘ich o‘g‘il amir Mas’ud qolib, kichik o‘g‘il, aqli noraso 
Muhammadni taxtga ko‘tarmoq rejasini tuzadurlar!
(O. Yoqubov) 
 
375-mashq. O‘qing, yasama so‘zlarni topib, ularning o‘zagi va 
qo‘shimchalarini aniqlab yozing. 
1. Тushlik o‘tib, ikki soatlik majburiy hordiq tamom bo‘lgandan keyin 
kasalxona gavjum bo‘lib ketadi. 2. Karavot simlari asabiy g‘ijirlab ketdi. 
Shunda to‘satdan yuragi tez-tez gursillab ura boshladi. 3. Shunday qildiki, 
yupqa gardishli ko‘zoynagi siljib ketdi. 4. Mashina qora oqqushdek yengil 
suzib borar, yon derazadan bahor shabadasi shiddat bilan yopirilib kirar. 
Sirojiddinning siyrak sochlari peshanasiga tushib, ora-chora ko‘z o‘ngini 
to‘sib qo‘yardi. 5. U zina oldiga yetganda qo‘ng‘iroq uzoq asabiy jiringladi. 
6. O‘rta Osiyoda Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘illar lashkariga qiron 
keltirgan. 7. Asfalt yo‘lkaning bir chekkasida paxtalik chopon kiyib olgan 
mallasoch kishi o‘tirardi. 8. Doshqozonga olov yoqilgan, kabobpaz sixlarini 


ko‘raga tergan, boyagi qassob bola allaqachon qo‘yni tinchitgan edi. 9. 
Chapdast bir yigit ko‘zlari yulduzdek chaqnab turgan oppoq otning
jilovidan mahkam tutib, darvozadan olib kirdi.  
(O‘. Hoshimov) 
376-mashq. «Imlo lug‘ati»dan foydalanib, ajratib yoziladigan qo‘shma 
so‘zlarga 20 ta, qo‘shib yoziladigan qo‘shma so‘zlarga 20 ta so‘z yozing, 
ularni izohlang. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling