Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Savol va topshiriqlar 
1. Juft so‘z deganda nimani tushunasiz? 
2. Тakroriy so‘z deganda-chi? 
3. Juft va takroriy so‘zlar sodda so‘zlardan ma’no jihatdan qanday farq 
qiladi?
4. Juft va takroriy so‘zlar qanday yoziladi? 
380-mashq. Quyidagi sodda so‘zlardan juft so‘zlar hosil qilib yozing. 
Erta — ..., shak — ..., olib — ..., ora — ..., apoq — ..., azob — ..., do‘st-
u..., el — ..., aql — ..., oxir — ..., o‘g‘il — ..., ota — ..., bo‘m — ..., rang —
..., toat — ..., qiy — 
..., savol — ..., er-u ..., yosh — ..., kir — ..., 
kayf — ..., uch — ..., kuch — ..., katta — ..., past— ..., bog‘ — ..., turli — 
..., qiyin — ..., to‘y — ..., oyoq — ..., yot..., or — ... .
381-mashq. 2 guruhga bo‘lining. I guruh zid ma’noli juft so‘zlarga, II 
guruh esa o‘zaro yaqin ma’noli juft so‘zlarga misollar yozsin. Qaysi guruh 
belgilangan vaqt ichida ko‘p va to‘g‘ri so‘z topa olsa, o‘sha guruh g‘olib 
deb topiladi. (Musobaqani davom ettirmoqchi bo‘lsangiz juft so‘zlar 
ishtirok etgan she’riy misollar ham yozing). 
N a m u n a:


I. Zid ma’noli
II. Yaqin ma’noli
kecha-kunduz
ota-ona 
382-mashq. Bir nechta so‘zlar yozing hamda ularning qaysi sodda so‘z 
bilan sinonim bo‘lishini ham izohlang. 
N a m u n a: katta-kichik (hamma). 
383-mashq. Quyidagi jadvalni juft so‘zlar bilan to‘ldiring. 
384-mashq. Ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qilgan juft so‘zlar 
ishtirokida gaplar tuzib yozing. 
385-mashq. 
Gazetadan olingan quyidagi gaplarni ko‘chiring. 
So‘zlarning juft va takroriy shakllarini toping, ularning tuzilishini va 
grammatik ma’nolarini aniqlang. 
1. Yigitning ukasi kelib, qo‘yarda-qo‘ymay kasalxonaga borib 
kelishimni iltimos qildi. 2. Azizlar! Bir kuni kelib afsus-nadomatning 
zaharli sharobini ichmaslik uchun qo‘lning kiri bo‘lgan mol-mulkni 
odamdan, insoniy qadr-qiymatdan yuqori qo‘ymaylik. 3. Yakshanba kuni 
birin-ketin, o‘g‘il-qiz, nevara-kelinlar yig‘ila boshlashdi. 4. Yaqinda 
tumanimizdagi 54 ta bolalar bog‘chalarida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. 5. 
Yig‘ilishda hayotiy tajribasi va obro‘-e’tibori bilan yurtimizda tanilgan 
keksalar ishtirok etdilar. 6. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov 
majlisda so‘zlagan nutqlarida yigit-qizlarning oldiga jamiyatda munosib 
o‘rin egallash, o‘z aql-zakovati, kuch-qudratini to‘la namoyon etishdek 
mas’uliyatli vazifani qo‘ydi. 7. Тo‘qqiz yil oldin bo‘lib o‘tgan voqea-
hodisalar negadir tez-tez esimga tushadi. 8. Gazetamizda «Ota-onamdan 
olgan saboqlarim», deb nomlangan pand-nasihat tarzidagi rukn ochilsa. 
(«Oila va jamiyat» gazetasidan) 
386-mashq. Quyidagi berilgan juft so‘zlar ishtirokida gaplar tuzib 
yozing. 
El-yurt, choynak-piyola, tun-kun, opa-singil, o‘rin-joy, asta-sekin, uzoq-
yaqin, tasir-tusir, oyoq-qo‘l, zavq-shavq, meva-cheva, afsus-nadomat, 


qovun-tarvuz, og‘iz-burun, teri-tanosil, sarf-xarajat, tog‘-u tosh, to‘y-
tomosha, ota-yu ona. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling