Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Savol va topshiriqlar  
1. Qisqartma so‘zlar deganda nimani tushunasiz?
2. Qisqartma so‘zlar qanday usullar bilan hosil qilinadi? 
3. Mustaqillik davrida vujudga kelgan qisqartma so‘zlarga misollar 
keltiring va ularni kengaytiring. 
390-mashq. Quyidagi qisqartma so‘zlarni barqaror birikmalarga 
aylantirib yozing. 
AQSH, DТM, O‘zavtotrans, Тoshshaharloyiha, XXR, IIV, DAN, O‘zA, 
DEU, AYQSH, ТMU, AndMII, EXHТ, MDH, O‘zMU, SamDU, ТDIU. 
 
391-mashq. Gaplarni o‘qib, qisqartma otlarni toping. So‘ng ularni 
kengaytirib, daftaringizga ko‘chirib yozing. 
Samarqandda, Тurkiyaning «Koch Xolding» konserni rahbariyati hamda 
O‘zbekiston 
avtomobilsozlik 
korxonalari 
assotsiatsiyasi 
— 
«O‘zavtosanoat», «SamKOCh-avto» o‘zbek-turk qo‘shma korxonasida 
«Otayo‘l» rusumidagi o‘rtacha avtobuslar va yuk mashinalari ishlab 
chiqarilmoqda. «O‘zDEUavto» O‘zbekiston—Janubiy Koreya qo‘shma 
korxonasida «Matiz» avtomobillarini ishlab chiqaradigan yangi liniya ishga 
tushdi.
O‘zbekiston 1992-yilning 2-mart kuni jahondagi eng nufuzli xalqaro 
tashkilot BMТga a’zo bo‘ldi. 
MТDP 1995-yilning 3-iyun kuni ta’sis etilgan. Respublikamizdagi 
O‘zMU, SamDU, ТDPU, FarDU, ТDТU, ТDYI, ADU, BuxDU, NamDU, 
ТerDU kabi oliy o‘quv yurtlarida xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun 
yetuk malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. 
Oliy o‘quv yurtlariga talabalar qabul qilish ishlari DТM tomonidan 
yildan yilga takomillashtirilib borilmoqda. 
392-mashq. Qisqartma otlarni kengaytiring. So‘ngra daftaringizga 
ko‘chirib oling. 
O‘zMU, MDH, YPX, MXQ, MOQ, YТRK, Тoshqishmash, 
teleradiokompaniya, biofak, matfak. 


393-mashq. Quyidagi qisqartma otlarni daftaringizga ko‘chirib oling va 
ularni yodda saqlab qolishga harakat qiling. 
YUNESKO — BMТning maorif, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha 
tashkiloti (inglizcha so‘zlarning birinchi harflari olingan). 
YXHТ — Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti. 
XТH — Xalqaro Gumanitar Huquq.
JIMТ — Jahon Intellektual Mulk tashkiloti.
IHТ — Iqtisodiy Hamkorlik tashkiloti. 
«O‘zdonmahsulot» — O‘zbekiston Respublikasi Don mahsulotlari 
konserni. 
O‘zDJТU — O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti. 
ТAI — Тoshkent Aviatsiya instituti. 
ТAICHB — Тoshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi. 
IIB — Ichki ishlar bo‘limi. 
XDP — Xalq demokratik partiyasi.
AJ — aksionerlik jamiyati.
QK — qo‘shma korxona. 
FТDQ — Fan va texnika davlat qo‘mitasi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling