Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Nutq jarayonida ikki va undan ortiq ma’noda qo‘llaniluvchi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Nutq jarayonida ikki va undan ortiq ma’noda qo‘llaniluvchi 
so‘zlarga ko‘p ma’noli so‘zlar yoki polisemiya deyiladi. 
Polisemiya yunoncha poli ko‘p, semia — ma’no so‘zlaridan 
olingan bo‘lib, ko‘p ma’noli demakdir. Polisemiya monosemiya (yunoncha 
mono — birsemia — ma’no)ga zidlanadi. 
Ko‘p ma’noli so‘zlarda ma’no qanchalik ko‘p bo‘lsa ham, lekin u bir 
so‘z hisoblanaveradi. Shuning uchun ham ko‘p ma’noli so‘zlarda 
ma’nolardan biri to‘g‘ri ma’no (yoki o‘z ma’no), qolganlari esa ko‘chma 
ma’no bo‘ladi. Ko‘chma ma’nolar nutq tarkibida boshqa so‘z-lar bilan 
bog‘langanda namoyon bo‘ladi, nutq tarkibidan ajratilganda esa to‘g‘ri 
ma’nosi asosiy ma’no bo‘lib qoladi. Masalan, tosh so‘zi nutq qurshovidan 
ajratib olinsa, «qattiq jism» ma’nosini anglatadi. 


Bir ma’noli so‘zlar tilimizda kam sonni tashkil qiladi va ilmiy, kasb-
hunarga doir atamalarni, shuningdek, yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni o‘z 
ichiga oladi. Yangi so‘zlar (neologizmlar) ham davrlar o‘tishi bilan 
qo‘shimcha ma’nolarni anglatadi. 
Ko‘p ma’noli so‘zlarning ma’nosini bilish va undan nutq jarayonida 
o‘rinli foydalanish nutqning ta’sirchan, ifodali bo‘lishiga yordam beradi. 
Savol va topshiriqlar 
1. Ko‘p ma’noli so‘zlar nima?
2. Ko‘p ma’noli so‘zlar nima uchun paydo bo‘ladi?
3. Ko‘chma ma’no qanday aniqlanadi?
4. Тo‘g‘ri ma’no-chi?
53-mashq. Ko‘chiring. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan fe’llarni toping. 
1. Тojixon Saidaning kelganidan xursand bo‘ldi, minnatdorchilik 
bildirgani so‘z, o‘tqazgani joy topolmay qoldi. (A. Qahhor) 2. Тushirilgan 
molning isini chiqarmadi. 3. Shundan so‘ng ikkovi shuncha qalinlashdiki
hatto bir juma kuni Murodxo‘ja domlaning mehmonxonasida bir haftalik 
so‘z boyligini aytib tamom qildi. (A. Qahhor) 4. Mamlakatning istiqboli 
ham, kelajagi ham yoshlar, sog‘lom insonlar qo‘lida bo‘lishi tabiiy holdir. 
Namuna: Pok niyatli (sofdil, diyonatli, yuragi toza) kishilarga, olimlar va 
fozillarga dargohim doimo ochiq edi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling