Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Ma’no ko‘chishining nima asosda ro‘yobga chiqishiga ko‘ra


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Ma’no ko‘chishining nima asosda ro‘yobga chiqishiga ko‘ra 
metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik singari turlari 
mavjud. 
56-mashq. Berilgan so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. Omonim yoki 
polisemantik so‘z ekanligini aniqlang. 
Do‘st, yosh, yuz, nafis, mol, oyoq, bel, tut, yengil, gul, sher, sana, uch, 
o‘ch, quloq... 
Namuna: 
1. Olti narsa rohatda yashashga yordam beradi, shulardan biri haqiqiy 
do‘sting bo‘lmoqligidir. 2. Bugungi kechamizga shoir Do‘st Hamdam ham 
tashrif buyurgan. 3. Do‘st!!! Yana bir juft qo‘shiq bo‘lsin! 
57-mashq. Quyidagi so‘zlarning har biri bilan ikkitadan gaplar tuzing. 
Ularning birida shu so‘z o‘z asl ma’nosida ikkinchisida ko‘chma ma’noda 
qo‘llansin. 
Shayton, tulki, ola, tor, yumshoq, dum, ajdaho, ilon, tamoq, luqma, 
dunyo, og‘irlik, shisha, tosh, karam... 
58-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlarni 
ajratib, ma’no ko‘chishning turini yozing. 


1. «Semurg‘» «Sug‘diyona»ni qabul qilib, raqiblar darvozasiga ketma-
ket beshta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 2. Qo‘shnimizning o‘g‘li dadasi 
bilan tortishayotganining ustidan chiqib qoldim. 3. Yangi binolar qurilishi 
asossiz ravishda cho‘zib yuborilmoqda. 4. Beodob qizning gapini onasi 
tekislab turdi. 5. Prezidentimiz adashganlar uchun to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib 
berdi. 6. Bolam, ho‘l-u quruqqa qanoat qil, ana o‘shanda sen, kayvoniy 
odam bo‘lasan. 7. Muallif dutor haqida yozadi va bu bilan o‘zbek cholg‘u 
asbobini birinchi bo‘lib tilga oladi. 8. O‘g‘lining dardida sarg‘aygan 
onaning oh-vohlariga chidab bo‘lmasdi. 9. Тun o‘z o‘rnini tongga bo‘shatib 
berdi. 10. Navoiy ko‘hna Sharqning ulug‘ mutafakkiri sifatida o‘z asarlari 
bilan o‘sha davr ijtimoiy masalalarini ham ko‘tarib chiqdi. 11. Go‘zal bu 
gaplarning hammasini yuragining tubiga joylagan edi, uni hech kimga 
oshkor ayta olmasdi. 12. Yigitning uylanayotganini eshitgan qizning qalbi 
yaralandi. 
59-mashq. Quyida berilgan so‘zlar qavs ichidagi so‘zlar bilan birga 
qanday ma’noga ega bo‘lganligini tushuntiring. 
Maslahat (oldi, qildi, soldi), dili (qora, siyoh, pok), toshmoq (suv, ichi, 
to‘lib), mayl(i) (qo‘shimchasi, bo‘ldi, bildirdi), zarar (yetkazadi, qildi, 
ko‘rdi), iliq (gap, suhbat, suv), dars (hayot, matematika), ochmoq (ko‘ngil, 
eshik, yo‘l). 
60-mashq. Berilgan so‘zlarni ikki ustunga bo‘lib ko‘chiring. 
Ko‘p ma’noli
Bir ma’noli 
(polisemantik) 
(monosemantik) 
Atlas, xosiyat, kompyuter, xurmo, xunuk, parcha, xoreografiya, patir, 
pasta, patnis, g‘ildirak, g‘isht, g‘oz, g‘uncha, gazeta, grammatika, urg‘u, 
dunyo, tilxat, paxta, soya, shaxs, olmosh, doya, qoshiq, qoya, xat, quy, 
davlat, qushni, marketing, vertolyot, tirnoq, maqol, uy, tom, kirish so‘z, 
undalma, yuvg‘ich, dars, haykal, topishmoq, aruz, tish, til ... 
61-mashq. Uyga topshiriq. Ma’no ko‘chishning metafora, metonimiya, 
sinekdoxa, vazifadoshlik usullariga Abdulla Qodiriy, Said Ahmad, Тohir 
Malik asarlaridan misollar yozing. 


 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling