Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

63-mashq. She’rni o‘qing, ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘zlarni topib 
ularni izohlang. 
Barcha haq ishida bo‘ling salomat,
Yog‘sa ham har yondan tavqi-malomat,
Ezgu ishingizni ettiring davom,
Yaratgan qo‘llagay sizlarni mudom,
Kim sherik bor desa agar Ollohga,
Shubhasiz botgaydir katta gunohga.
Nohaqdan bir inson qonini to‘kmoq,
Gunoh dengiziga baayni cho‘kmoq.
Ota-onasiga kimki bo‘lsa oq,
Bu ham og‘ir gunoh sanalgay mutloq.
Agarda yolg‘ondan bersa guvohlik,
Uning ham gunohin kechirmas Holiq.
Shu to‘rtta gunohdan bo‘lsa kim forig‘,
Bilingki, ularning manglayi yorug‘.
(O. Bo‘riyev) 
64-mashq. Ko‘chiring. «Palak» so‘zining bir necha xil ma’nolari 
borligini bilib oling. Siz ham uyingizda tilter kabi so‘zlarning ma’nolarini 
ana shunday izohlab keling. 
1. Palak. Ma’lum bir urug‘dan ko‘karib chiqib, yer yuzalab o‘sib, gullab 
hosil beradigan poliz o‘simligining tanasini bildiradi: qovun palak, tarvuz 
palak, bodring palak. 
... So‘lg‘in palaklarda o‘smay qolib ketgan xomaklar yiltillab qolar, goh 
surmaday qorayib ko‘rinar edi. (A. Muxtor) 
2. Palak. Polizchilar nutqida ba’zan qovun yoki handalak urug‘i 
tushunchasida ham qo‘llanadi. Masalan: Тo‘rt egat palak ekdim. 


3. Palak. Xalqimiz urf-odatiga ko‘ra, qizlarni kuyovga uzatish uchun gul 
(kashta) iрakli matolar tayyorlanadi.
Iblisni rahbar deb qarshi oldilar,
Balki, sayladilar undan ham ortiq.
Poyiga iрakdan palak soldilar,
So‘ng yuksak bir taxtni etdilar tortiq.  
(A. Oriрov) 
4. Palak. «Parvoyi palak» iborasida o‘z ishiga mas’uliyatsizlik, 
e’tiborsizlik bilan qarash, beg‘amlik ma’nolari tushuniladi. 
Atrofda bo‘layotgan voqealarga Mo‘ydinning parvoyi palak edi. 
5. O‘xshatish ma’nosida ham qo‘llaniladi. «Bir palakdan har xil xamak 
chiqadi deganlari rost ekan-da», dedi so‘fi yonidagilarga qarab. 
65-mashq. Keltirilgan misollardan metafora usuli bilan so‘z ma’nosini 
ko‘chishining yo‘llarini aniqlang, ularga izohlar bering. 
Rahmi kelib bulutning
Yig‘lab to‘kar yoshini.
Qushlar qochar, majnuntol
Ko‘taradi boshini.
Bulutning orasidan
Quyosh kulib qaraydi,
Majnuntolning yuvilgan
Sochlarini taraydi.  
(E. Vohidov)  
Qalam ushladimmi demak — o‘yin bas,
Yayrab ocholmaydi gul dudog‘ini
Shundoq yurak yutib so‘rasha olmas,
Xonamda qoldirgan qo‘g‘irchog‘ini.
Burchak-burchakda jim tortishar burun,
Bilmam qanday o‘y-u xayol ichida.
Тuzsiz she’rlarim deb shirindan shirin,
Bolalarim yurar oyoq uchida...  
(M. Yusuf) 



Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling