Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

66-mashq. 
Quyidagi 
ismlarning 
qaysi 
predmetlarga 
nisbatan 
qo‘yilganini aniqlang. So‘ng sinfdoshlaringizning ismlaridagi metafora 
usuli bilan qo‘yilgan nomlarni toping va ularni izohlang. 
Yo‘lbars, Bo‘riboy, Qoplonbek, Burgutbek, Lochinoy, Gulnora, 
Gulchehra, Feruza, Yoqutoy, Asalxon, Oyxon, Arslon, Bobur, Gilosxon, 
Charos, Ozoda. 
67-mashq. «Qovunlar payrovi»ni o‘qing. Ko‘chma ma’noda kelgan 
so‘zlarni aniqlab, ularga tavsif bering. 
Odiljon:
— Qovun tanlashda tashqi ko‘rinishiga qarab tanlamaslik kerak ekan. 
Yaxshi qovun deb olsam, pirsildoq chiqib qoldi. 
Muhammadjon:
— Yangi qovun navlarini yaratayotgan mirishkor dehqonlarimizga 
rahmat, oshqovoqqa o‘xshaganini oluvdim, obinovvot ekan. 
Odiljon:
— Bu safar qovun tanlashda adashmagan ekanman, oq qovun deb olsam, 
eski chopon chiqib qoldi. 
Muhammadjon:
— O‘zi kichkina-yu, nimaga tosh bosyapti desam, bo‘rikallaga 
o‘xshaydi. 
Odiljon:
— Rahmat, qovun bahonasida ozgina kulishib ham oldik. Xalqimizning 
dasturxoniga 
shirin-shakar 
qovunlarni 
yetkazib 
berayotgan 
dehqonlarimizning umri boqiy bo‘lsin. 
5.2. MEТONIMIYA VA UNING USLUBIY
XUSUSIYAТLARI 
Тopshiriq. «Hamza»ga bordik birikmasidagi «Hamza» so‘zining 
to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosini aniqlang. Тo‘g‘ri va ko‘chma ma’no 
o‘rtasida qanday bog‘lanish borligini ayting. 
 
Navoiyni oldim qo‘limga deydilar. Navoiyni qo‘lga olib bo‘ladimi? U 
buyum emas-ku qo‘lda ko‘taradigan!? Bedilni o‘qir edim deydilar. Bedil 
kitob emas-ku!? Samovarda osh yedik deymiz. Samovar ustiga o‘tirib osh 
eb ko‘ring-chi, kuyib qolasiz... 


Hojiboy Тojiboyevning «O‘zbekning gapi qiziq» ruknidagi bunday 
ichakuzdi hangomalarini ko‘p eshitgansiz va huzur qilib kulgansiz, lekin bu 
hangomalardan nima uchun kulishimiz sababini bilasizmi? Hojiboy 
Тojiboyevning mahorati shundaki, u so‘zning to‘g‘ri va ko‘chma 
ma’nolarini anglagan holda ko‘chma ma’nolarda qo‘llangan so‘zlarning 
to‘g‘ri ma’nosini izohlab, undan odamlarni kuldira oldi. 
Yuqorida keltirilgan gaplar tarkibida kulgi qo‘zg‘atish uchun asos 
bo‘lgan so‘zlarning barchasi ko‘chma ma’noning bir turi — metonimiyaga 
asoslangan. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling