Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
4-mashq. Quyidagi talaffuzi yaqin so‘zlar (paronimlar) orqali
ifodalangan ma’nolarni tushuntiring. JAYRON-JIYRON Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh. (A. Oriрov) Jiyron tog‘dan tog‘ga o‘tib, qayerga borishini bilmasdi. SODA-SODDA Soda tabobat va kulinariyada ishlatiladigan bikarbonatdir. Suvga soda qo‘shib, chayib yuborishni unutmang. Sodda — sofdil, jo‘n, oddiy. Sodda, yoqimli liboslar o‘ziga yarashib turgan qizlar tabassum bilan qarab turardi. (Gazetadan) 5-mashq. So‘z ma’nosini farqlash uchun xizmat qilayotgan fonemalarni aniqlab, shu so‘zlarning ma’nosini izohlang va misollar keltiring. Siqim — sig‘im, sirop — serob, sudxo‘r — sutxo‘r, soliq — solih, so‘kmoq — suqmoq, tang — tong, uzuk — uzik, urish — urush, undash — undosh, ana — ona. 6-mashq. Savollarga javob bering. 1. Тil va nutqning farqini ayting. 2. Тovush va ovozning o‘xshash va farqli tomonlarini tushuntirib bering. 3. Har bir nutq organi qanday vazifa bajaradi, ta’rif bering. 4. Nima uchun nutq organlari faol va passiv deb ataladi? 5. Undoshlarning hosil bo‘lish o‘rni deganda nimalarni tushunasiz. 6. Fonema nima? 7. Siz o‘rganayotgan tillarda unlilar miqdori qanday, o‘xshash va farqli tomonlarini ayting. 8. «Yoshlarga berilgan imkoniyatlar» mavzusida matn tuzing, matnda ishlatilgan ayrim unli va undoshlarga tavsif bering. 7-mashq. Matnni o‘qing, undosh tovushlarni aniqlab, ularni quyida berilgan guruhlar bo‘yicha ajrating. 1. Bolalikda quyosh sekin chiqayotgandek bo‘laveradi. Keksalikda quyosh tez botayotgandek bo‘laveradi. 2. It tumshug‘ini suqqani bilan daryo harom bo‘lib qolmaydi. Nomard tosh otgani bilan tog‘ qulab tushmaydi. 3. Vijdonli inson uchun «Shu mening mushkulimni oson qilarmikin» deb birovning ko‘ziga termilishdan ortiq azob yo‘q. (O‘. Hoshimov) 1. Paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra: a) lab undoshlari; b) til yoki til-tish undoshlari; d) bo‘g‘iz undoshlari. 2. Aytilish usuliga ko‘ra: a) portlovchilar; b) sirg‘aluvchilar. 3. Тovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra: a) jarangli undoshlar; b) jarangsiz undoshlar. 4. Ovozning ishtirokiga ko‘ra: a) sonorlar; b) shovqinlilar. 5. Тarkibiga ko‘ra: a) sof undoshlar; b) qorishiq undoshlar. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling