Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Metonimiya yunoncha metanymia — qayta nomlash demakdir. 
Narsa va hodisalar o‘rtasida makon va zamondagi o‘zaro 
aloqadorlik asosida birining nomini ikkinchisiga ko‘chishi 
metonimiya hisoblanadi. 
Yuqoridagi misollarda shoir bilan uning asarlari (chunki shoir va uning 
asari o‘rtasida ongimizda doimiy bog‘lanish bor), choy ichiladigan joy bilan 
choy qaynatiladigan buyum o‘rtasidagi aloqadorlik asosida birining nomi 
ikkinchisi uchun ko‘chgan: 
Navoiyni qo‘lga oldim deganda Navoiy asarlarini, Bedilni o‘qir edim 
deganda ham uning asarlarini tushunamiz. 
Metonimiya asosida ko‘chma ma’no hosil qilish fikrimizni lo‘nda, 
ifodali, ta’sirchan bayon qilishning bir yo‘li sanaladi. 
 
Savol va topshiriqlar 
1. Metonimiyada ko‘chma ma’no qanday asosda vujudga keladi?
2. Metonimiyaning metaforadan farqini tushuntirib bering. 
3. Metonimiya yo‘li bilan ma’no ko‘chishga ikkita misol keltirib, ma’no 
ko‘chish sababini izohlang.
68-mashq. Gaplarni o‘qing, aloqadorlik asosida so‘z ma’nosining 
ko‘chish o‘rinlarini izohlang. 
«Rossiya»ga qanday borsam bo‘ladi? (Bekatdagi yo‘lovchining 
murojaati
Ichak-chavog‘im tugadi, endi kalla sotaman. (Qassobning gapidan


Mabodo, «Besh bolali yigitcha» kelmadimi? (Kitobxonning sotuvchiga 
bergan savolidan
Navbatim sumka ko‘targan «jinsi»dan keyin. (Xaridorning javobi
«Navoiy»ni kechadan beri ko‘tarib yuribman. (O‘quvchining nutqidan
69-mashq. Gaplarni o‘qing, aloqadorlik asosida yangi ma’no hosil 
qilingan o‘rinlarni topib ularga izoh bering.
«Oltin vodiy» poyezdi, olmaning afrosiyobi navi, «Zarafshon» futbol 
komandasi, amarfuzin malhami, Hojimatov damlamasi, Sarimsoqovning 
yarimmaydoni, rentgen apparati, «Chorsu» mehmonxonasi, «Ford» 
avtomobili, «Тoshkent» qahvaxonasi, volt, amper kabi so‘z va so‘z 
birikmalaridagi so‘z ma’nosining ko‘chishida nimalarga e’tibor berilganini 
aniqlang. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling