Sinekdoxa
yunoncha
synekdoche — birgalikda
anglash
so‘zidan olingan bo‘lib, bo‘lak orqali butunni yoki butun orqali
bo‘lakni ifodalashni bildiradi.
Ma’no ko‘chishning bu turi ham nutqimizning ta’sirchanligini
oshirishda, ifodali, jozibali bo‘lishida katta ahamiyatga ega.
Savol va topshiriqlar
1. Sinekdoxa ko‘chma ma’no hosil qilishning qanday usuli?
2. Sinekdoxaning metafora va metonimiyadan farqi nimada?
3. Sinekdoxaga uchta misol topib, ko‘chma ma’no hosil bo‘lish sababini
tushuntiring.
70-mashq. Quyidagi hodisaning sinekdoxa ekanligini isbotlab bering.
Qo‘l, oyoq, bosh, tish, burun, chakka so‘zlari orqali sinekdoxa usuli
bilan qanday ma’no hosil bo‘layotganini misollar yordamida tushuntiring.
Namuna:
Olma guli — gul emas, taqsam chakkamda turmas. (
Qo‘shiqdan)
71-mashq. Olma archiyotib qo‘lini kesib olmoq, yig‘ilishga mo‘ylovni
chaqirib kelmoq, g‘ildirakni yurgizmoq, cho‘loqqa achinish bilan qaramoq
birikmalaridagi ma’no ko‘chish usulini izohlang. O‘zingiz ham sinekdoxa
usuli bilan ma’no ko‘chishiga misollar keltiring.
72-mashq. Boborahim Mashrabning «Sajda
aylar zohid ul mehrob aro,
Men qilurman sajada egma qoshima» baytida keltirilgan «egma qosh»
iborasining nima uchun sinekdoxaga misol bo‘la olishini isbotlang. So‘ng
mumtoz she’riyatda
oy yuz, qorako‘z, oq bilak, sarv qad kabi atamalarning
yor, dildor ma’nolarida ishlatilganligiga misollar keltirib,
ularning
ma’nolari ustida fikr yuriting.
Do'stlaringiz bilan baham: