ayting. Тo‘g‘ri va ko‘chma ma’nolar o‘rtasidagi bog‘liqlikni
izohlang.
Ko‘chalarni chiroqlar yop-yorug‘ qilib turibdi. Chiroq piligini
pasaytirdi.
Yuqoridagi ikki gapda qo‘llanilgan chiroq so‘zining ma’nosiga e’tibor
bersangiz, u bir xil vazifa bajaruvchi ikkita bir-biriga o‘xshamaydigan
narsalarni ifodalayotganining guvohi bo‘lasiz. Birinchisida «elektr toki
orqali yorituvchi noksimon (lampochka) yoki tayoqsimon asbob»ni,
ikkinchisida esa «kerosinga pilik solish
vositasi bilan yorituvchi, asos va
shisha qismlardan tashkil topgan asbob»ni bildiradi.
Bu asboblar shakliga ko‘ra bir-biriga o‘xshamaydi, makon va zamonda
ularning aloqadorligi ham yo‘q, lekin har ikkisi yoritish vazifasini bajaradi.
Ana shu vazifaviy bir xillikka ko‘ra ilgari yog‘ga pilik tekkizish orqali
yoritiladigan shishasiz, ochiq asbob nomi keyinchalik
asos qismga shisha
o‘rnatilgan yoritgich asbobni, keyinroq esa elektr tokidan foydalanishga
o‘tilgandan so‘ng lampochkalarni ham ifodalash uchun qo‘llaniladi.
Natijada chiroq so‘zi bir-biriga o‘xshamaydigan
xilma-xil yorituvchi
vositalarga nisbatan qo‘llanila boshlandi.
Narsa va hodisalar o‘rtasidagn vazifaviy bir xillik asosida
birining nomi orqali ikkinchisining ifodalanishi vazifadoshlik
asosida ma’no ko‘chish deyiladi.
Vazifadoshlik asosida vujudga kelgan so‘zlarni bilish,
ularning ilgari
qanday shakldagi narsalarni ifodalaganligini anglash tilimiz imko-
niyatlarining naqadar boy ekanligini his qilishimizga yordam beradi.
Savol va topshiriqlar
1. Vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chishi deganda nimani tushunasiz?
2. Vazifadoshlik asosida ko‘chma ma’no ifodalashning metafora,
metonimiya, sinekdoxa asosida ko‘chma ma’no
ifodalashdan qanday farqi
borligini tushuntiring.
3. Vazifadoshlik asosida ko‘chma ma’noning ifodalanishiga uchta misol
keltiring va ko‘chma ma’no ifodalash sababini izohlab bering.
73-mashq. Hikoyatni o‘qing, so‘z ma’nosi ko‘chirilgan o‘rinni topib,
unga tavsif bering.
Ikki kishi poyezdda hamroh bo‘lib ketishayotgan edi. Ulardan birining
ko‘zi tashqarida o‘tlab yurgan qo‘y-qo‘zilarga tushdi va dedi:
— Qiziq, bu yerdagi tuyoqlar soni nechta ekan-a?
Ikkinchisi ularga biroz qarab turdi-da, shunday deb javob berdi:
— O‘tloqda bir ming qirq uchta qo‘y bor.
— O‘lay agar, —
dedi birinchisi, — shu qo‘ylarning egasi bo‘lma-
ganimda, bu gapingizga sira ishonmagan bo‘lardim. Qanday topdingiz?
— Buning hech ham qiyin joyi yo‘q, — dedi hozirjavoblik bilan unisi.
— Barcha tuyoqlarni hisoblab chiqib, to‘rtga bo‘ldim-qo‘ydim...
74-mashq. Qanot, yurak, oyoq, ko‘z, bosh so‘zlarini vazifadoshlik
asosida ko‘chma ma’nolarda ishlating. Ma’no ko‘chishning
nimaga
asoslanayotganiga diqqat qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: