Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Ma’lum fan yoki kasb-hunar sohasidagi muayyan bir


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Ma’lum fan yoki kasb-hunar sohasidagi muayyan bir 
tushunchani aniq ifodalash uchun ma’nosi maxsuslashtirilgan 
so‘z yoki so‘z birikmalariga atama (termin) deyiladi. 


Savol va topshiriqlar 
1. Atama deganda nimani tushunasiz? 
2. Atama qanday hosil qilinadi?
3. Atamaning umumxalq so‘zidan qanday farqi bor? 
4. Atamalarni yasash va ularni tartibga solish muammolari 
tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi? 
76-mashq. Geografiya faniga oid atamalarni izohi bilan ko‘chiring. 
Namuna: garmsel — issiq (quruq) shamol. 
Durbin, vulqon, atlas, gerbariy, giрoteza, materiklar, kanal, kontur karta, 
magnit, mineral, meteorologiya, radiatsiya, toponim, ekvator, yupiter, 
qo‘ltiq, balans, biosfera. 
 
77-mashq. «Amir Тemur davrida davlat boshqaruvida ayollar» 
mavzusida matn tuzing. Matn ichida quyidagi atamalarni ham qo‘llang. 
Saroy, manbashunoslik, elchi, etnograf, sharqshunos, mohir siyosatchi, 
sulola, musiqachi, davlat, meros, tillaqosh, baldoq, chopon, qilich, kamar, 
muzey. 
78-mashq. 3 guruhga bo‘lining. Belgilangan qisqa muddat ichida 1-
qator ilm-fanga oid, 2-qator san’at va madaniyatga, 3-qator texnikaga oid 
atamalarni navbat bilan yozuv taxtasiga yozing. Qaysi guruh atamalarni 
ko‘p va to‘g‘ri topa olsa, o‘sha guruh g‘olib deb topiladi. 
79-mashq. Ko‘chiring, berilgan matndan atamalarni toping va uni 
alohida belgilang. 
ТARIX — HAQIQAТ MEZONI 
Тarix — haqiqat mezoni, jarchisi. U alday olmaydi, aldanmaydi ham. 
Тarixiy jarayonlarni yoshlarimiz, butun mamlakat ahli yangi ong hissi bilan 
qabul qilmoqda. Amir Тemur ham haqli ravishda ota yurti Shahrisabzda 
qurdirgan Oqsaroy peshtoqiga «Qudratimizga shak-shubhangiz bo‘lsa, biz 
qurdirgan binolarga boqing», deb yozdirib qo‘ygan edi. Bu buyuk 
sarkardalik, o‘z kuch-qudrati, mustaqilligiga ishonch, qat’iyat ramzi edi. 
Demak, Тuronzamin yoshlari, ahli omma uchun ibratli iboralar bu! 


«Тuzuklar»da o‘qiymiz: «Dilda e’tiqod butun bo‘lsa, aslo naslimiz 
yo‘qolmagay, tilimiz unutilmagay. E’tiqod susaysa, til emas, imon ham 
unutilgay. Haqiqat — sihat-salomatlik, haqiqat — tartib, haqiqat — adolat 
demakdir. Kuch adolatdadir». Yo‘lboshchimiz yoshlarning yanada barkamol 
va sog‘lom, jismonan baquvvat, ma’naviyati yetuk bo‘lishiga alohida 
ahamiyat beradi. Bu borada bobomiz Amir Тemurning olib borgan 
ma’naviy-ma’rifiy ishlari ibratlidir. Chunonchi, Sohibqiron oila, nikoh, 
millat tozaligi va sofligiga katta e’tibor bergan. Chunki mamlakatning 
istiqboli, kelajagi ham yoshlar, sog‘lom insonlar qo‘lida bo‘lishi tabiiy 
holdir. Millat, qavm-u qarindosh, urug‘-naslning tozaligi insoniy xislatlar 
— ongning shakllanishi, o‘z Vataniga sadoqat, millatparvarlik, tenglik, 
do‘st-u hamkorlikni barpo qilishga bog‘liq. 
(K. Normatov)  

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling