Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

80-mashq. O‘qing. Quyidagi fikrlarni qayta hikoya qiling. Matndagi 
atamalarni toping. 
EKOLOGIK MUAMMOLAR 
Milliy xavfsizlikka qarshi yashirin tahdidlarni ko‘rib chiqar ekanmiz, 
ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi alohida 
e’tiborga molikdir. Uzoq yillar mobaynida eski ma’muriy-buyruqbozlik 
tuzumi sharoitida bu muammo bilan jiddiy shug‘ullanilmagan. Тabiatni 
muhofaza qilish tadbirlariga arzimas darajada kam mablag‘ ajratilardi. 
O‘rmonlar o‘ylamay-netmay, vahshiylarcha kesib tashlanar edi. Yoqilg‘i va 
mineral-xomashyo zaxiralari real ehtiyoj bilan taqqoslanmagan holda juda 
ko‘p miqdorda qazib olinganidan ko‘pchilik qismi qayta ishlanmagan 
chiqitlar sifatida uyulib yotar edi. Тabiatni muhofaza qiluvchi eng oddiy 
tozalash inshootlariga ega bo‘lmagan bahaybat sanoat korxonalari faol 
bunyod etildi. Natijada barcha zaharli va zararli sanoat chiqindilari ulkan 
havo kengliklarini, suv havzalarini, yer maydonlarini ifloslantiradigan 
bo‘ldi. O‘z ko‘lami jihatidan beqiyos darajada katta gidroenergetika 
loyihalarini ro‘yobga chiqarish, transport kommunikatsiyalarini (BAM, 
ТurkSib kabi temiryo‘llarni, avtomobil, neft-gaz magistrallarini va 
irrigatsiya 
tarmoqlarini) 
bunyod 
etish 
nafaqat 
tabiiy 
zaxiralarni 
qashshoqlashtirdi, balki butun boshli aholi punktlarining yo‘q bo‘lib 
ketishiga, ekologik muvozanat, iqlim, odamlarning hayot va faoliyat 
sharoitlarining buzilishiga ham olib keldi. 


...Xalqaro tuzilmalarning zaxiralari, imkoniyatlari va investitsiyalarini 
ana shu muammolarni hal qilishga jalb etish birinchi darajali vazifadir. 
7.2. AТAMASHUNOSLIK MUAMMOLARI 
Har qanday fan sohalarining rivojida shu fanga doir atamalarni izga 
solish katta ahamiyatga ega. 
Istiqlolga erishgunga qadar o‘zbek ilmiy-texnikaviy va boshqa 
sohalardagi atamalarning rivojiga e’tibor berilmadi. Natijada atamalarning 
ko‘pchiligi rus tilida qanday bo‘lsa, shundayligicha olindi. Masalan, 
spravka, doklad, kanselyariya  va boshqalar. 
Mustaqillik sharoitida atamalarni izga solish eng dolzarb vazifa-
lardandir. 
Atamalarni tartibga solish harakati mustaqillikning ilk davrlarida turli 
yo‘sinda olib borildi: a) rus tilidan va bu til orqali Yevropa tillaridan kirib 
kelgan atamalarning o‘rniga arab-fors tilidan atamalar tanlash: aeroport 
o‘rniga tayyoragoh; samolyot o‘rniga tayyora; institut o‘rniga oliygoh
rayon o‘rniga nohiya, radio o‘rniga ovoznigor, telefon o‘rniga durovoz 
kabilar; b) rus tilidan va bu til orqali Yevropa tillaridan kirib kelgan 
atamalarning o‘zbek tilining ichki imkoniyatlarini qidirib, o‘zbekcha 
muqobillarini topish. Agar muqobili bo‘lmasa, boshqa tillardan olingan 
atamalarni o‘zbek tili fonetik qonuniyatiga moslashtirib qo‘llash. Masalan, 
aksiya hissa, aksioner hissador, kanselyariya devonxona, pechat 
— muhr, gimn — madhiya, tamojnya— bojxona, bank — banka, samolyot 
— samolyot, vertolyot — vertolyot, raketa — raketa, tank — tank, telefon 
telefon, kompyuter kompyuter kabi. Atamalarni izga solishning 
keyingi yo‘li istiqbolli yo‘l ekanligi hammaga ayon bo‘ldi, chunki boshqa 
tillardan atama qabul qilmaydigan birorta ham til yo‘q. Masalan, telefon
kompyuter atamalari dunyoning hamma tillariga kirib borgan. 
Hozirgi kunimizda o‘zbek tili birja, dizayn, lizing, marketing, 
menejment, monitoring, audit singari yuzlab boshqa tillardan olingan 
atamalar hisobiga boyib bormoqda. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling