Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Savol va topshiriqlar 
1. Atamalarni tartibga solishga qanday zaruriyat tug‘ildi? 
2. Atamalarni tartibga solishning qaysi yo‘llarini bilasiz va qaysisi sizga 
ma’qulroq? 
3. Iqtisodiyot sohasida qabul qilingan beshta yangi atama toping va ular 
ishtirokida gap tuzing. 


81-mashq. Uyga topshiriq. «O‘lmas navolar» mavzusida insho yozing. 
San’atshunoslikka oid atamalardan foydalaning. Inshoga quyidagi to‘rtlikni 
epigraf qilib oling. 
San’atga baxsh umrning so‘ngsiz mo‘jizasi bor,
U dunyoni tark etsa, undan dunyo qoladi.
Inson umri sarhadli, qo‘shiq umri poyindor,
Navosiz yuraklardan o‘lmas navo qoladi. 
82-mashq. Semantika, polisemiya, monosemiya, leksikografiya kabi 
atamalarning lug‘aviy ma’nolarini izohlang. 
 
83-mashq. Grammatik o‘yin — topshiriq. Ikki guruhga bo‘lining. 
Тilshunoslikka oid atamalardan foydalanib, tez aytish bo‘yicha so‘z zanjiri 
tuzing. 
Bunda so‘zning oxiridagi tovushga qarab, ikki guruh shu tovushdan 
boshlanuvchi so‘z aytadi. 
I guruh 
II guruh 
ko‘makchi
imlo 
olmosh 
sheva 
adabiy til 
leksikologiya 
yasovchi 
ibora 
84-mashq. 1798-yilda yaratilgan Muhammad Xoksorning «Muntaxob-
ul-lug‘at» asarida astronomiya, matematika, musiqashunoslik, adabiyot 
faniga oid atamalar berilgan. Ularni daftaringizga ko‘chiring, ma’nolarini 
izohlang. 
Sath, vatar, mintaqa, xatti ustuvo (ekvator); ag‘oni, nag‘ma, surud, 
«Hijoz», «Ajam», «Iroq», nag‘amot, musiqa, navo, ohang, bad’e, tashbeh, 
ramz, radif, fasohat, majoz, nazm, hijo, she’r. 
85-mashq. Huquqshunoslikka oid atamalarni izohi bilan ko‘chiring, 
yozilishiga diqqat qiling. 


Amnistiya, arbitraj, arxiv, audit, bankrot, brifing, vaucher, viza 
(ruxsatnoma), grant, deklaratsiya, demokratiya, dividend, dotatsiya
investitsiya, interpol, kadastr, kvorum, kvota, kongress, konstitutsiya, lizing, 
magistr, okrug, patent, reglament, sanatsiya, sanksiya, tender, terror, 
ekstremizm. 
86-mashq. Matnni o‘qing, atamalarni topib, ularni izohlang. 
Vodorodning ishlatilishi uning kimyoviy xossalariga asoslangan. Undan 
kislorod bilan birikkan paytida ko‘p issiqlik chiqadi. Shu bois, vodoroddan 
motor yoqilg‘isi sifatida foydalaniladi. Metallarni qirqish va payvandlash 
ishlarida ham u faol qo‘llaniladi. Vodorodning metallmas moddalar: xlor va 
azot bilan birikishi reaksiyasi asosida sanoatda xlorid kislota va ammiak 
ishlab chiqariladi. Ammiakdan, o‘z navbatida, nitrat kislota olinadi.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling