kirildi. Masalan,
hokimiyat, hokimlik, vazir, vazirlik, devonxona va
boshqalar.
Shunday qilib, o‘zbek tili leksikasi turmushimiz uchun keraksiz bo‘lib
qolgan tushunchalarni bildiruvchi so‘zlarning iste’moldan chiqib ketishi,
yangi paydo bo‘lgan tushunchalarni ifodalovchi so‘zlarning esa kirib kelishi
hisobiga doimo o‘zgarib, rivojlanib, boyib boradi.
Savol va topshiriqlar
1. Тilning rivojlanishi deganda nimani tushunasiz?
2. O‘zbek tili leksikasidagi o‘zgarishlar haqida gapiring.
3. Mustaqillik sharoitida yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni ayting.
87-mashq. Quyidagi so‘zlarni faol va passiv so‘zlarga ajrating.
Yer, quyosh, odam, bashar, chaqmoq, uy, yo‘l,
dinozavr, uzoq, imlo,
g‘azal, koinot, ayol, odob, daryo, rejalashtirish, tabib,
jadallashtirish,
ekmoq, olim, magistratura,
bakalavr, zilzila, toshqin, kuldi, sun’iy,
agrotexnika, iste’mol, yig‘lamoq, yilnoma, yoqilg‘i, hafta, sut, qatiq, tovar.
Do'stlaringiz bilan baham: