Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

88-mashq. Arxaik so‘zlarga ma’no jihatidan muqobil zamonaviy so‘zlar 
toping. 
Yog‘iy, dubulg‘a, bitik, cherik, firqa, yovuq, pud, qadoq, etmak, 
handasa. 
89-mashq. Biror gazetani kuzatib, ularda qo‘llangan 15—20 ta eskirgan, 
shuningdek, yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni aniqlang, so‘ng gap shaklida 
ko‘chirib yozib, ularning qanday nutqiy ehtiyoj uchun qo‘llanganini 
izohlang. 
90-mashq. Matnni ko‘chiring. Тarixiy so‘zlarga bir chiziq, arxaik 
so‘zlarga ikki chiziq chizing. Ularga uslub jihatidan mos tushadigan 
muqobil zamonaviy so‘zlar toping. 
Тarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Mironshoh keyingi paytda 
aysh-u ishratga berilib ketib, davlat ishlariga qaramay qo‘yadi. Sohibqiron 
kelinidan bu xabarni eshitgach, ertasi kuni hazrat eng nufuzli kishilarini 
kengashga to‘plab, Mironshoh masalasini o‘rtaga qo‘yadi. Amir Тemurning 
o‘zi Mironshoh va uning arkoni davlatiga o‘lim jazosi berilishini aytadi. 


Тemurning piri Sayyid Baraka va ayrim amaldorlar bu hukmga qat’iyan 
qarshi chiqadilar, lekin Тemur o‘z so‘zida mahkam turib olgach, Amir Shoh 
Malik o‘rnidan turib: «O‘g‘lingiz-ku, davlatpanoh», deydi. Amir Shoh 
Malikka g‘azab bilan tikiladi. Shoh Malik esa yana: «Shahzoda sizning 
farzandi arjumandingiz erur, davlatpanoh, qatl qildirsangiz, islom qilichiga 
farzandkushlik isnodi dog‘ bo‘lib tushmog‘i muqarrardur», deydi. Amir 
Тemurning yanada g‘azabi avjga chiqib: «Men ahkomi shariatda emas, o‘z 
saltanatimda tartib o‘rnatmog‘im lozim!» deydi. 
Shunda Sayyid Baraka o‘rnidan turib: «Baribir, har bir ishdan Olloh 
taolo voqifdur, hukmdor!», deya ogohlantiradi. Shundan so‘ng Тemur 
o‘zicha bir qarorga keladi-da, g‘azabdan tushib kengash tugaganligini 
ma’lum qiladi. 
Ertasi shahar xalqini katta maydonga yig‘ib, Mironshoh boshliq uning 
barcha amir va amaldorlarini qo‘llari bog‘liq holda zindondan olib chiqib
shahar maydoniga olib keladilar. Maydon o‘rtasida turgan jallod hazrat 
Sohibqironning so‘nggi buyrug‘ini kutardi. 
Baraka boshliq barcha amirlar, beklar va shahzodalar o‘rtaga tushib, 
Mironshohning gunohidan o‘tishni Sohibqirondan iltijo qilib yolboradilar. 
Shundan so‘nggina Mironshoh banddan ozod etilib, haramidagi xotinlari va 
kanizaklaridan faqat farzandi borlarigina unga qoldiriladi. 
(Т. Fayziyev. «Amir Тemur saboqlari»)  
91-mashq. So‘zlarning tarixiylik jihatidan qaysi qatlamga xosligini 
aniqlang. 
Qarol, feodal, rejissor, yulduz, tashabbus, Тurkiston, rasadxona, 
ochilg‘on, teleskop, kuyev, teatr, malay, san’at, dizayn, arbob, epizod, rutba, 
musofirxona, mirshabxona, devon, milliy xavfsizlik, diрlomatiya, 
aviasozlik, jumhuriyat, dukchi, charx, mug‘anniy, ashula, fermer, 
kompyuter, cho‘pchak, musallas, nota, professor, studiya, sanatsiya, asov, 
taqa, tarbiya, erk, ma’rifat, aravakash, mahliqo, qalandarlar, rafiq, mushk-u 
anbar, faytun, mehmon, g‘oyibona, g‘anim.
92-mashq. Gazetalarning biridan kasb-hunarga oid 10—15 ta so‘zlarni 
toping, so‘ng gap shaklida ko‘chirib yozib, qaysi kasbga oid so‘z ekanini 
aniqlab, ma’nosini izohlang. 
93-mashq. Quyidagi arxaik so‘zlarga ma’no jihatdan muqobil 
zamonaviy so‘zlar toping. 


Bitik, cherik, etmak, yog‘iy, dubulg‘a, firqa, yovuq, handasa, fasohat, 
fiqh. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling