Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
94-mashq. A. Qahhorning «Jonfig‘on» hikoyasidan olingan parchani 
o‘qib, eskirgan va zamonaviy so‘zlarni toping va izohlang. 
Malohatxon Jonfig‘on izvoshchilikdan haydalgan yili, mahalladagi aktiv 
ayollarning himoyasi ostida, erining qarshiligiga qaramay, rayon Sovetiga 
farrosh bo‘lib ishga kirgan ekan, o‘qibdi, hademay savodi chiqibdi, bir yil-
bir yarim yildan keyin hatto majlislarda dokladchiga: «O‘rtoq, Sizga 
savolim bor», deydigan bo‘libdi. Rayon Sovetining shoferi Тimchenko 
degan ayol uning sog‘lomligiga, kuchiga, abjirligiga, ayniqsa, zehniga qoyil 
bo‘lib yurar ekan, bir kuni uyga chaqirib, «sen shofer bo‘lgin, nima yordam 
kerak bo‘lsa beraman» debdi. Malohat ham shunday bir narsani orzu qilib 
yurar ekan, darrov ko‘nibdi. Shundan keyin Тimchenko uni birmuncha vaqt 
shoferlar kursiga tayyorlabdi, oqibatda kirgizib ham qo‘yibdi. 
Jonfig‘on avvallari uning niyatiga, o‘qishga «notovon ko‘ngil... orzuga 
ayb yo‘q» degan nazar bilan qarab yurar ekan, bir vaqt qarasaki, Malohat 
kursni bitirib, gruzovoy minib yuribdi! Jonfig‘on bunga ham ko‘nikibdi — 
«ha, endi, minsa minibdi-da, shu ham martabami, mashinani o‘zi o‘ylab 
chiqariрtimi» deb o‘ziga tasalli beribdi, biroq Malohat ikki yilda uch marta 
mukofotlanibdi. Jonfig‘on mukofotni o‘z gazi bilan o‘lchagani uchun bunga 
ham uncha parvo qilmabdi. 
95-mashq. Dehqonchilik kasbiga oid eskirgan so‘zlarning ostiga 
chizing. 
Dehqonchilik kasbiga oid dalaga qo‘sh chiqarish bilan bog‘liq 
«shoxmaylar» marosimi alohida quvonch va tantana bilan nishonlanadi. 
Odatda, dalaga qo‘sh chiqarish kunini qishloqdagi tajribali dehqon 
(oqsoqol) belgilab bergan. Shoxmaylar dushanba, chorshanba va juma 
kunlaridan biriga to‘g‘ri kelishi lozim bo‘lgan, chunki bu kunlar dehqonlar 
tasavvurida baxt, omad keltiriladigan kunlar hisoblangan. Asosan, qo‘sh 
chiqarish Navro‘z kunlari boshlangan, ammo yerlar pishib yetishsa, ob-
havoga qarab Navro‘zga qadar ham o‘tkazilgan. 
Shoxmaylar tantanalariga to‘q-farovon joylarda qishloqning barcha ahli 
tayyorgarlik ko‘rgan: har bir xonadon turli taomlar tayyorlagan, non-u 
qatlama, patirlar yopilgan, bo‘g‘irsoq va po‘ssiqlar pishirilgan. Marosim 


o‘tkaziladigan joy supurilib-sidirilib, sholcha, kigiz-u gilamlar to‘shalib, 
dasturxonlar yoyilgan, unga tayyorlangan taomlar tortilgan. Qishloq ahli 
to‘plangach, oqsoqol yaxshi tilaklar bilan duo-fotiha qilib, pishirilgan 
narsalar aholi orasida tarqatilgan. Shundan so‘ng qo‘sh chiqarish uchun 
maxsus boqilib turgan ho‘kizlardan biri olib chiqilgan va o‘tgan yilgi 
hosilning oxirgi tutamidan tayyorlangan kulcha qishloqning barcha 
mo‘tabar qariyalari va boshqa ishtirokchilariga bir parchadan sindirib 
berilgan. Kulchaning bir bo‘lagi tanlab olingan ho‘kizga ham yedirilgan. 
Nihoyat, ko‘z tegmasin deb ho‘kizlarning shoxiga zig‘ir yog‘i surtilgan, ins-
jinslardan va yovuz ruhlardan pok bo‘lsin deb isiriq tutatilgan. 
Dastlab qo‘shni qishloqning eng hurmatli oqsoqoli qo‘sh bilan kuchi 
yetguncha toq marta haydab, keyin o‘tgan yilgi hosilning oxirgi tutamidan 
olingan bug‘doydan irimiga haydalgan yerga bir necha hovuch sepgan. 
Mazkur marosimdan so‘ng barcha dehqonlar ho‘kizlarini yetaklab uyga 
qaytganlar.  
(I. Jabborov) 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling