Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Savol va topshiriqlar  
1. O‘zbek tili leksikasi qaysi yo‘llar bilan boyib, rivojlanib bormoqda? 
2. Leksikaning ichki manbalar asosida rivojlanishi deganda nimani 
tushunasiz va ularning usullari qanday?
3. Тashqi manbalarga qanday holatlarda murojaat etiladi? 
Quyidagi chizmani daftaringizga ko‘chiring va uni yodda saqlang. 


96-mashq. Uyga topshiriq. Yuqorida berilgan chizmaning har biriga 
misollar yozing. 
 
97-mashq. O‘zlashma so‘zlarning qaysi tilga oid ekanligini ko‘rsating 
(arabcha, forscha, lotincha, ruscha) 
Saodat, taxt, mashina, a’lo, she’r, karaxt, badjahl, shoir, maorif, xo‘roz, 
gazeta, baxt, ruchka, sehr, stol, bioximiya, dazmol, ruxsat, ro‘za, qoida, 
sur’at, obyekt, donishmand, parta, paravoz, muomala. 
 
98-mashq. O‘zbek tili leksikasining tashqi manba asosida boyishiga 
misollar keltiring. 
 
99-mashq. Quyidagi matnni ko‘chiring. Rus tilidan hamda arab va fors-
tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlarni alohida-alohida ko‘chiring. 
ABO MUSLIM 
13-dekabrda «Тuron» qishloq binosida ulug‘ adibimiz, muallif Fitratning 
5 parda 7 ko‘rinishlik «Abo Muslim Xurosoniy» nomli tomoshasi o‘ynaldi. 
Oxirgi ko‘rinishda abbosiylarning birinchi xalifasi rolini Sayfi qori juda 
yumshoq o‘ynadi. Ayniqsa, Abo Muslim bilan Marv begi qizining o‘lishlari 
chog‘ida, karomatgo‘y shayx choponi ostidan hovarjlarning jasusi Zahhok 
chiqib kelgan vaqtda, o‘zining katta va tuzalmas xatolarini anglag‘on 
damlarda shu qadar kam harakat edikim, sira qo‘ya qoling! Sayfi qorining 


ampulasi (o‘ynayturgan o‘yunlari) beltulikdir. Rejissur shuni ko‘zda tutib 
uni g‘oyat jiddiy bo‘lg‘on shu xil rollarga chiqarmaslig‘i kerak. 
Bizning Тurkistonda «dog‘uli ayyor» deb nom chiqarg‘on Zahhok rolida 
Uyg‘ur boshdan oyoq yaxshi. Ko‘zga ilinar-ilinmas sustlik va ruhsizligini 
sanamasak, Marv begining qizi Gulnor rolida Ma’suma xonim yaxshi, Abo 
Muslimning vaziri Homid rolida O‘ktam, Marv begi rolida Sayfi qori, Amir 
Ali rolida Shokir, Gulnorning enagasi rolida Robiya Тutash tekis 
o‘ynaydilar. Narsiyor rolida chiqqan Bosit bilan Yazid rolidagi Olimning 
yuksak ruh bilan vaziyat va ahbolg‘a yondashtirib o‘ynashlarini aytib 
o‘tmak kerak. Boshqa kichkina vazifalar ham durust bajarildi. 
Sahnamizning o‘zini tuzatishga ham jiddiy harakatlar ko‘rila boshladi. 
Sirdaryo muzofot firqa qo‘mitasining mas’ul sarkotibi o‘rtoq Abdulhay Тoji 
bilan Eski shahar ijroko‘mining muvaqqat raisi Mannon Ramz o‘rtokdar 
markazning birdan bir san’at markazi bo‘lg‘on «Тuron» binosi va Davlat 
necha havaslik kishilarga topshirib pullik yordam va’da qilg‘onlar. 
(A. Cho‘lpon) 
100-mashq. Тilimiz taraqqiyotida sinonimlar muhim ahamiyatga ega 
bo‘lib, u ikki xil baza asosida paydo bo‘ladi: tilning ichki imkoniyatlari 
asosida va boshqa tildan so‘z olish natijasida. E’tibor bering! 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling