Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

1. Тojik tilida
2. O‘zbek tilida
chorpoya
so‘ri 
olov
o‘t 
chopon 
to‘n
kissa
cho‘ntak 
dasta
sop 
buqa
novvos 
jilt
muqova 
oftob
quyosh 
osmon
ko‘k 
Тojik tilidan so‘z o‘tish natijasida qo‘shma va juft so‘zlar ham paydo 
bo‘lgan. 
Bosh (pana), qon (xo‘r), qo‘sh (nay), shirin (so‘z), yalang (bosh), qahr-
g‘azab, to‘y-tomosha, sog‘-salomat, achchiq-chuchuk. 
 


101-mashq. Berilgan so‘zlar qaysi tillardan o‘zbek tilining leksik 
qatlamiga o‘zlashganligini lug‘at yordamida aniqlang. Bu so‘zlarning 
o‘zbek tilida qo‘llanish sabablarini tushuntiring. 
Sport taym, lizing, aviatsiya, garaj, okean, xorijiy kompaniyalar, firma, 
kooperativ, avans, sug‘urta, aksiya, apelsin, limon, lenta, pyesa, epos, 
kokteyl, obyekt. 
102-mashq. A. Hojiyev, L. Reshetovlarning «O‘zbek tili grammatik 
terminlarining qisqacha izohli lug‘ati»dagi 20 ta so‘zni ajratib, ma’nolarini 
puxta o‘rganing. Ularning qaysi tillarda o‘zbek tiliga o‘zlashganini toping. 
 
103-mashq. Matnni ko‘chiring. So‘ngra umumturkiy so‘zlar, o‘zbekcha 
so‘zlar, forscha-tojikcha so‘zlar, arabcha so‘zlarni joylashtirilgan chizma 
chizing va matndagi so‘zlarni shu chizmalarga joylashtiring. 
FARZAND VA OТA UCHRASHUVI
«Тoshkent — Andijon» poyezdi Asakaga yetib keldi. Yo‘lovchilar tez-
tez vagonlardan tusha boshladilar. Havo ochiq, ko‘kda son-sanoqsiz 
yulduzlar charaqlagan, mayin shabada esib turibdi. Shahrixon soyi 
shovullab, suvi qirg‘oqqa uriladi, paxsa devorlardan engashgan olcha 
munchoqlari, oq o‘riklar oydinda ko‘zga tashlanib qoladi, uzoqlarda elektr 
chiroqlari miltillaydi. Yuk xaltasini orqalab olgan imoni komil, mo‘min 
yigit bu manzaralarga suqlanib, ko‘cha o‘rtasidan kelmoqda. Uzoq vaqt jang 
olovlarida yurgan kishi uchun bu manzaralar orombaxsh tuyular, quvonchi 
ichiga sig‘mas edi. Novcha teraklar uchida oyning kumush parchasi suzadi, 
shamol novda-nihollarni tebratadi. Ana, tong ham otmoqda. Allaqayerda 
bulbul to‘lib-toshib kuylaydi, yaqin o‘rtada xo‘roz qichqiradi. Ko‘prik 
oldida fonus ko‘targan kishi paydo bo‘ldi. Bu — Po‘latjonning otasi edi. 
Po‘latjonning tili tanglayiga yopishib qolgandek gapira olmas, vujudi esa 
karaxt bo‘lib qolgandek qimirlamas edi. Farzand bilan ota uchrashuvini 
ko‘kdagi oy kuzatar edi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling