Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Umumxalq tilida keng qo‘llaniladigan va shu tilda so‘zlashuv-


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Umumxalq tilida keng qo‘llaniladigan va shu tilda so‘zlashuv-
chilarning barchasi uchun tushunarli bo‘lgan so‘zlarga qo‘llanish 
doirasi chegaralanmagan so‘zlar deyiladi. Ular neytral leksika 
atamasi bilan ham yuritiladi. Masalan, non, un, bug‘doy, salam, 
daftar, qor, bulut va boshqalar. 
Faqat ma’lum sotsial guruh hamda ma’lum bir hudud 
doirasidagina qo‘llanilib, umumxalq tiliga xos bo‘lmagan so‘zlar 
chegaralangan so‘zlar sanaladi. 
Bunday so‘zlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Hududiy chegaralangan so‘zlar (dialektizmlar).
2. Sotsial chegaralangan so‘zlar. 
Faqat ma’lum bir hudud doirasidagina qo‘llanilib boshqa 
hududda yashovchi o‘zbek tili vakillari uchun xos bo‘lmagan 
so‘zlar hududiy chegaralangan (shevaga xos) so‘zlar yoki dialek-
tizmlar deyiladi. Masalan, eshik «hovli», «uy» (Andijon), shoti 
«narvon» (Andijon, Farg‘ona, Namangan), takya «do‘ppi» (Xorazm) 
va boshqalar. 
Ma’lum ijtimoiy guruh doirasidagina ishlatiladigan so‘zlarga 
sotsial chegaralangan so‘zlar deyiladi. Masalan, «otarchi»lar 
doirasida qo‘llaniladigan so‘zlar: yakan «pul», danap «qiz bola»; 
temiryo‘l kuzatuvchilari doirasida qo‘llaniladigan so‘zlar: qaychi 
«taftishchi», kolxoz «chiрtasiz yo‘lovchi». 
Bunday so‘zlar argolar deb yuritiladi. 
Ayrim argolar umumtil leksikasidan olinadi. Bunday vaqtda bu so‘zlar 
umumtildagiga nisbatan boshqa ma’noda qo‘llaniladi. Masalan, kolxoz 
umumtil leksikasida eskirgan bo‘lib, jamoa xo‘jaligini ifodalagan bo‘lsa, 
temiryo‘l kuzatuvchilari tilida boshqa ma’noni ifodalaydi. 
Shuningdek, ayrim tabaqa vakillari tilida faol ishlatiladigan 
leksemalar ham uchrab turadi, bular jargonlar deyiladi. Masalan, 
olampanoh, volidayi muhtarama, padari buzrukvor, manzirat 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling