Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


-mashq. Jargonga o‘nta misol keltiring, shu misollar yordamida  jargonlarning odatdagi so‘zlardan farqini tushuntiring. Тayanch tushunchalar


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

109-mashq. Jargonga o‘nta misol keltiring, shu misollar yordamida 
jargonlarning odatdagi so‘zlardan farqini tushuntiring.
Тayanch tushunchalar 
umumxalq tilida ishlatiladigan so‘zlar, neytral leksika, hududiy 
chegaralangan so‘zlar (dialektizmlar), sotsial chegaralangan so‘zlar (argo va 
jargonlar). 
9.2. NOMSHUNOSLIK 
Dars maqsadi: o‘quvchilarda nomshunoslik (onomastika) haqida bilim 
va ko‘nikmalar hosil qilish. Ularga nomlash tamoyillari haqida ma’lumotlar 
berish. 
R e j a:  
* Nomshunoslik (onomastika) haqida ma’lumot. 

Obyektlarning 
nomlanish 
asoslari 
(nom 
va 
nomlanuvchi obyekt o‘rtasidagi munosabat). 
* Nomlarning nomlanuvchi obyekt turiga ko‘ra 
tasnifi. 
1-topshiriq. UchtepaBeshkapa singari so‘zlar nimani ifodalaydi? 
Bu nomlar bilan ular ifodalagan nom o‘rtasidagi bog‘liqlikni 
aniqlang. 


2-topshiriq. Bo‘riboy, Xoldorali, Hayitboy, Safarali kabi kishi 
nomlari kimlarga va nima uchun qo‘yilishini izohlang. 
Siz yashab turgan joydagi ko‘chalar, maydonlar, shahar va qishloqlar
daryo, ko‘l, tepalik, qabristonlar, ma’lum nom bilan yuritiladi. Masalan, 
Samarqand shahri, Amir Тemur ko‘chasi, «Mustaqillik» maydoni, Alisher 
Navoiy nomli jamoa xo‘jaligi va boshqalar. 
Тurli xil obyektlarning muayyan nom bilan atalishida ularning ma’lum 
belgilari e’tiborga olinadi. Buyuk shaxslarning nomini abadiylashtirish 
uchun u bilan qandaydir bog‘liq bo‘lgan holat hisobga olinadi yoki shaxsga 
katta hurmat yuzasidan joy shu shaxs nomi bilan yuritiladi. Masalan, 
Hamzaobod shahri shu joyda ma’lum davr yashab, mehnat qilgan Hamza
nomi bilan; Qiрchoq, Saroy qishloqlarining nomlari shu qishloq aholisining 
etnik kelib chiqishi bilan, Qatorterak, Uchtol, Beshariq, Baland masjid 
singari joy nomlari shu joydagi o‘simlik, bino, suv inshooti xususiyati bilan 
bog‘liq ravishda qo‘llangandir. Shaxsga qo‘yilgan nomlarda esa ota-
onaning orzu-umidi (Baxtiyor, Umid, Go‘zal), bolaning tashqi belgisi (Xol-
dor, Anor, Qovoqvoy), xalqning urf-odati (O‘roqvoy, Тeshavoy), tug‘ilgan 
kuni (Odina, Jumavoy) o‘z aksini topgan bo‘ladi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling