Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
11-mashq. She’riy matnni daftaringizga ko‘chiring, bo‘g‘inlarning turlarini aniqlab, ochiq bo‘g‘inning ostiga bir, yopiq bo‘g‘inning tagiga ikki chiziq chizing. Urg‘ularini ham aniqlang. Aytilmagan bir qo‘shiqsan, Jayxundirsan, Sayxundirsan, Sen-da Sug‘dsan, Sen-da Shoshsan, Ko‘hna Тuron — ona tilim. Jaloliddin Manguberdi, «Yurtim» dedi, «tilim» dedi. Chingizxon ham ming havasda: «Shunday bo‘lsa o‘g‘lim», dedi! Sug‘d yozuvi, o‘z yozuvim, Тurkiy tilim, o‘zbek tilim. 12-mashq. «Amir Тemur o‘gitlari» mavzusida hikoyacha tuzing. Unda so‘zlar tarkibida kelayotgan undosh tovushlarga diqqat qiling. 13-mashq. Darsga bir dona maysa olib keling. Uni ta’rif-u tavsif etib matn tuzing. Matn ichida kelayotgan unli va undosh tovushlarga, ularning ishlatilish o‘rinlariga diqqat qiling. Matn mazmunini yoritishda sizga quyidagi parcha yordam beradi: Zilday zamin darz ketibdi, Qilday maysa dastidan... (Т. Sodiqova) Тayanch tushunchalar fonetika, tovush, unli tovush, undosh tovush, jarangli undosh tovush, jarangsiz undosh tovush, sirg‘aluvchi tovush, portlovchi tovush, sonor tovush, yon tovush, titroq tovush. 1.2. MORFEMIKA 14-mashq. Quyidagi qo‘shimchalarni daftaringizga ko‘chirib yozing, ularni so‘zlarga qo‘shing. Qo‘shimchalarning hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi variantlarini ham ayting: — ko‘r, — g‘il, — gil, — qil, — ing, — ung, — yin, — ayin, — ay, — y, — mak. Namuna: qilg‘il (qilgil) Bori elg‘a yaxshilig‘ qilg‘ilki mundin yaxshi yo‘q, Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig‘. (Bobur) 15-mashq. Berilgan so‘zlarni morfemalarga ajratib, tahlil qiling. Fazilatlari, o‘qiganimda, barqarorlik, vatandoshimiz, faxrlanishga, qiyofasini, sog‘inchning, g‘ururlanishdi, avaylaylik, asrandi, dog‘lab, kuchaytirdi. Namuna: barakasini baraka — o‘zak, -si — egalik qo‘shimchasi. III shaxs, birlikni ifodalovchi qo‘shimcha, -ni — tushum kelishigi qo‘shimchasi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling