Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

112-mashq. Siz qanday suv havzalari va inshootlar nomlarini 
(gidronimlar) bilasiz? Ularni sanab o‘ting. Agar bilsangiz izohi bilan bering. 
So‘ng professor E. Begmatov haqidagi matnni o‘qing, uning o‘zbek 
nomshunosligini rivojlantirishdagi xizmatlarini belgilang. 


ERNSТ BEGMAТOV
(1936) 
Filologiya fanlari doktori, professor Ernst Begmatov o‘zbek nutq 
madaniyati, leksikologiyasi muammolarini hal qilishda barakali faoliyat 
ko‘rsatib kelmoqda. Ayniqsa, uning o‘zbek onomastikasining shakllanishi 
va rivojida katta xizmati bor. Olim bu sohada o‘zining qator asarlarini e’lon 
qildi. Ular ichida «Kishi nomlari imlosi» (1970), «O‘zbek ismlari imlosi» 
(1972), 14600 ismning izohini o‘z ichiga olgan «O‘zbek ismlari» (1999) 
kitoblari alohida qimmatga ega. 
113-mashq. Gidronimlarni quyidagi turlarga ajratib yozing. 
114-mashq. Quyida berilgan toponimni o‘qing, so‘ngra siz ham 
toponimlarga misollar yozib, uni izohlang. 
Nazarmahram — Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi qishloq nomi. 
Mazkur toponim kishi ismi va Qo‘qon xonligi davridagi amal — mansabga 
oid atamalardan biri mahram so‘zidan tarkib topgan. Mahram — xonga 
yaqin bo‘lgan va uning huzuriga kira oladigan kishi. Shuningdek, 
mahramlar saroydagi boshqa ishlarni ham bajarganlar. Ko‘rinadiki, 
o‘tmishda mansab nomlari ko‘pincha amal egasining nomiga qo‘shilib 
aytilgan. Shunga ko‘ra ba’zi joy nomlariga kishi ismi va mansab nomi atama 
bo‘lib qolgan, Nazarmahram fikrimizning isbotidir. 
(N. Oxunov) 
115-mashq. Uyga topshiriq. Geografiya darslaridan foydalanib, joy 
nomlari (toponimlar)ning quyidagi turlariga misollar yozing.
O‘rmon, to‘qay, sahro, yaylov, yo‘l, dala, dasht. 


116-mashq. Aholining yashash maskanlarini nomlashda, xalqning 
iqtisodiy turmush tarzi, shug‘ullanuvchi kasb-kori ham hisobga olinadi. 
Vaqtlar o‘tishi bilan hunar, garchi o‘zgarib ketsa-da, joy nomlari saqlanib 
qoladi. 
E’tibor bering: 
Miskarchilik, Ko‘nchilik, Egarchi, Jiyakchi, Тaqachi, O‘qchi, Miltiqsoz, 
Bo‘rchi, Ketmonchi, Charmgarguzar, Тandirchi, Sovungarlik. 
Yuqoridagi qishloq nomlarini yozing. Har biri ishtirokida ikkitadan gap 
yozing. Ularning bittasi atoqli, ikkinchisi turdosh ot bo‘lib kelsin. O‘zingiz 
yashab turgan joy nomini, uning atrofidan oqib o‘tadigan daryo, soy, ariq, 
tog‘, ko‘l, adir nomlarini daftaringizga yozing va ularni izohlang. 
117-mashq. Joylarning nomlanishida qabila nomlari, joylarning relyefi 
hisobga olinadimi? Fikrning to‘g‘ri, noto‘g‘riligini isbotlash uchun misollar 
yozing. 
Namuna: Nayman, Jaloyir, Do‘rmon, Uzunko‘cha, Balandqishloq, 
Chuqurko‘cha kabi. 
118-mashq. Qabristonlarning nomlanishiga misollar keltiring, izohini 
ayting. 
Namuna: Chig‘atoy qabristoni (Тoshkent shahri), Mirpo‘stin ota 
(Andijon shahri), Тutlug‘ ota qabristoni (Xo‘jaobod tumani). 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling