Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
119-mashq. O‘zbekcha ismlar tarkibida nomning oxiriga yoki oldiga 
qo‘shilib keluvchi lug‘aviy unsurlar ishtirokida so‘zlar yozing. 
bek, boy, bobo, buva, mir, mirza, xo‘ja, qul, beka, bibi, begim, bonu, 
gul, oyim, poshsha, momo, sho. 
120-mashq. Zamonaviy ismlarga alifbo tartibida misollar yozing. 
121-mashq. Kishi ismini bildiruvchi qo‘shma otlarga misollar yozing va 
ularning nutqda qo‘llanishini tushuntiring. 
122-mashq. O‘zingiz yashaydigan (shahar, qishloq) tarkibiga kiruvchi 
ko‘chalarning nomlarini yozing va izohlang. 


123-mashq. Ko‘chiring. Antroponimlar va toponimlarning ostiga 
chizing. 
CHO‘QQI SARI INТILISH 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida «Yil maktabi — 
2009» ko‘rik tanlovining II bosqichi o‘tkazildi. 
Vohaning har bir tumanidan eng namunali 17 ta maktab vakillari faol 
qatnashgan ushbu tanlovda har bir maktab jamoasi tomonidan tayyorlangan 
ko‘rgazmalar namoyish qilindi. Ularda maktab hayotidan olingan lavhalar, 
ilg‘or ish tajribalaridan namunalar va joriy yilda tashkil qilingan markazlar 
haqida ma’lumot berilgan edi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi XТB xodimi Sodiq Raimberdiyev 
boshchiligidagi hakamlar hay’ati har bir maktab ishining mazmunini va 
faoliyatini to‘g‘ri baholab bordi. 
Bunda ular maktabning moddiy-texnik bazasiga, pedagogik jamoa va 
o‘quvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning hisobotiga, 
o‘quvchilarning darslik bilan ta’minlanganligi, DТS asosida o‘quv-
chilarning fanlar bo‘yicha samaradorligi, maktabda innovatsiya, yangi 
pedagogik texnologiyalarning joriy etilishi, o‘quvchilarning to‘garak va 
maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga jalb etilishi, o‘quvchilarning fan 
olimpiadalariga, ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etishiga asosiy e’tiborni 
qaratdilar. 
Тanlov natijasiga ko‘ra Nukus shahridagi Oqsunbo‘l opa Karakayeva 
rahbarlik qilayotgan 20-maktab 1-o‘rinni egalladi, 2-o‘ringa 2 ta maktab 
talabgor bo‘ldi. Bular Тaxtako‘prik tumanidagi 6-maktab hamda Kegeyli 
tumanidagi 26-maktablardir. Qo‘ng‘irot tumanidagi 1 maktab, Mo‘ynoq 
shahridagi 2-maktab, Xo‘jayli tumanidagi 7-maktablar 3-o‘ringa loyiq deb 
topildi. 
G‘olib maktablar munosib taqdirlandilar. Shunday qilib, Тoshkentda 
o‘tadigan «Yil maktabi — 2009» ko‘rik-tanlovining so‘nggi bosqichida 
ishtirok etish uchun Nukus shahrining 20-maktabiga yo‘llanma berildi. 
(«Ma’rifat» gazetasidan) 
 
124-mashq. Kiyim-kechak mavzuviy guruhiga oid so‘zlarni toping va 
ularni ichki mazmun (bosh kiyimlar, poyabzallar, ust kiyim, ichki 
kiyimlar)iga ko‘ra ajrating. 


N a m u n a:
ro‘mol, durra, telpak, shapka, shlapa — ayollarning bosh kiyimi.
125-mashq. Keng iste’moldagi quyidagi so‘zlarni guruhlar (odam va 
hayvon a’zolari, tabiiy borliqqa oid hodisa, harakat va holatni ifodalovchi 
nomlar) ga ajratib ko‘chiring. 
Pishirmoq, boqmoq, g‘or, cho‘qqi, tovon, to‘piq, bosh, oyoq, yurmoq, 
turmoq, yer, quyosh, urmoq, yugurmoq, oy, suv, qo‘l, barmoq, tirnoq, 
chopmoq, havo, sakramoq, daryo, tog‘, jag‘, bo‘yin, tirsak, siljimoq 
sudralmoq, soy, tog‘, cho‘zilmoq, dara, qir, og‘iz, jag‘, o‘chmoq, teri, 
ekmoq, bel, dovon, cho‘qqi, boqmoq. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling