Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Тayanch tushunchalar 
nomlanuvchi obyekt, onomastika (nomshunoslik), antroponim (shaxs 
nomlari), toponim (joy nomlari), zoonim (hayvon nomlari), gidronim (suv 
bilan bog‘liq bo‘lgan nomlar). 
 
 
 
10-dars. OMONIM VA SINONIMLAR HAMDA ULARNING 
USLUBIY XUSUSIYAТLARI
 
10.1. OMONIMLAR VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYAТLARI
Dars maqsadi: o‘quvchilarda omonimlar (shakldosh so‘zlar va 
qo‘shimchalar), ularning ishlatilishi haqida bilim hamda ko‘nikmalar hosil 
qilish. 
R e j a:
* Omonimlar (shakldosh so‘zlar) haqida ma’lumot. 
* Omonimlarning turlari.
* Lug‘aviy (leksik) omonimlarning nutqdagi aha-
miyati. 


 1-topshiriq. Yutmoq so‘zining shakldoshlarini ayting. Ularning 
har qaysi ma’nosini gap ichida izohlang. 
 
2-topshiriq. O‘t so‘zining shakldoshlarini ayting va ularning har 
birini gap ichida keltiring. 
 
Тilimizda tovush (yozuvda harflar) tomoni bir xil bo‘lib, 
turlicha ma’nolarni ifodalovchi so‘zlar va qo‘shimchalar mavjud. 
Bunday so‘z va qo‘shimchalarning omonimlar (lot. homos — bir, 
onuma — nom) yoki shakldoshlar deyilishidan xabaringaz bor. 
Masalan, ot «hayvon», ot «ism», ot «irg‘it» kabi. Shuningdek, 
tilimizda qo‘shimchalar o‘rtasida ham shakldoshlik muno-
sabatlari mavjud. Masalan, -chi qo‘shimchasi so‘z yasovchi 
qo‘shimcha (ishchi, suvchi) hamda yuklama (sen-chi, ayt-chi) 
ma’nolarida ishlatiladi. Shunga ko‘ra, omonimlar lug‘aviy (leksik) 
omonimlar hamda affiks omonimlarga bo‘linadi. 
Lug‘aviy (leksik) omonimlar nutq jarayonida so‘z o‘yini uchun qulay 
imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, zakiylik san’atida ulardan o‘rinli foydalanish 
askiyachilarning mahorati sanaladi. 
Masalan, Abdulhay Maxsum Navbahor payrovi bo‘yicha askiyada: 
«Ikkovlaring ham o‘ta dangasasizlar. Yakshanba kuni olma bog‘ga kirib, 
daraxtlarni oqlaymiz», desam, «Bizni ish kam joyga yetaklang», deysizlar
Bu o‘rinda ish kam «uzum ko‘tarib taraladigan moslama» va «ish kam» 
ma’nolarini bildirish uchun qo‘llangan yoki G‘ulomjon Ro‘ziboyev cho‘tir 
so‘zining tovush tomonining bir xilligidan foydalanib, ikki so‘z o‘rnida 
ishlatadi: 
«Bir gap eshitib qoldim. Saydullaxon choyxonada nasiyaga muomala 
qilib, idoraga pul topshirmagan ekan, hisobchilar o‘zini o‘tqazib olib, 
«cho‘turyapti» deb eshitdim. Bu o‘rinda cho‘tir so‘zi: 1. Bujur; 2. Cho‘t ur 
ma’nolarida ishlatilgan. 
O‘zbek tilida leksik omonimlar ko‘p ishlatilganligi sababli, u maxsus 
she’riy janr — tuyuqqa ham asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling