Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Savol va topshiriqlar  
1. Omonimlar (shakldoshlar) deganda nimani tushunasiz?
2. Omonimlarning qanday turlari bor? 
3. Leksik omonimlar (shakldosh so‘zlar)ning nutqda qanday ahamiyati 
bor?
Тayanch tushunchalar 
omonimlar, lug‘aviy (leksik) omonimlar, shakldosh so‘zlar, grammatik 
omonimlar. 
10.2. SINONIMLAR VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYAТLARI 
 Dars maqsadi: o‘quvchilarda sinonimlar (ma’nodosh so‘zlar va 
qo‘shimchalar), ularning ishlatilishi haqida bilim hamda ko‘nikmalar hosil 
qilish. 
R e j a: * Sinonimlar haqida ma’lumot.
* Sinonimlarning turlari va affiks sinonimlar.
* Sinonimlar uyasi yoki qatori va dominanta.


* Nutqda leksik sinonimlardan foydalanishning ahamiyati. 
1-topishriq. Yemoq, iste’mol qilmoq, tanovul qilmoq so‘zlari
ishtirokida gap tuzing. Ularning umumiy va farqli tomonlarini 
ayting. 
 
2-topshiriq. Qaramoq so‘zining ma’nodoshlarini topib, ularni gap 
ichida keltiring. O‘zaro umumiy va farqli tomonlarini tushuntiring 
Тilimizda bir ma’noni bir necha so‘zlar yoki affikslar yordamida 
ifodalash mumkin. Masalan, inson bosh qismining old tomoni oraz, uzor, 
ruxsor, chehra, yuz, bet, aft, bashara, nusxa, turq singari so‘zlar orqali 
ifodalanadi. Shuningdek, tilimizda tilchi tilshunos, dardchil — 
dardkash, o‘rinsizbeo‘rin, hafsalahafsalali kabi qo‘shimchalar 
yordamida bir ma’noni ikki xil shaklda yuzaga chiqarish imkoniyati ham 
uchrab turadi. 
Bir umumiy ma’noni ifodalovchi so‘z yoki qo‘shimchalarga 
sinonimlar deyiladi. O‘zaro sinonimik munosabatda bo‘lgan so‘z 
va qo‘shimchalar sinonimlar uyasi yoki sinonimlar qatori 
deyiladi. 
 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling