Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


O‘zaro zid ma’noli so‘z va qo‘shimchalarga antonimlar


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

O‘zaro zid ma’noli so‘z va qo‘shimchalarga antonimlar 
deyiladi. So‘z maqomidagi antonimlar lug‘aviy (leksik) 
antonimlar, qo‘shimcha maqomidagi antonimlar esa affiks 
antonimlar sanaladi. 
Nutqimizda lug‘aviy (leksik) antonimlardan foydalanish fikrimizni 
ta’sirli ifodalashda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy adabiyotda zid 


ma’noli so‘zlarni bir-biriga zidlash asosida badiiy san’at hosil qilinadi. 
Bunday san’atga tazod san’ati deyiladi. 
140-mashq. Quyida berilgan so‘zlarni ikki guruhga ajratib ko‘chiring:
1. Sinonimlar.
2. Antonimlar. 
Katta-kichik, taom-ovqat, yaxshi-yomon, qisqa-uzun, yuz-chehra, xafa-
xursand, qorong‘i-yorug‘, botir-qo‘rqmas, keksa-mo‘ysafid, kambag‘al-
bechora, urush-tinchlik, istamoq-qidirmoq, issiq-sovuq, halol-harom, 
tovush-ovoz, mehnatkash-ishchan, falak-osmon, tirik-o‘lik, kiyim-libos, 
kun-tun, pishiq-xom, bosh-kalla, halak-halok, so‘zladi-gapirdi, xat-xabar. 
141-mashq. Berilgan maqollarni ko‘chiring. Antonimlarning ostiga 
chizing. 
1. Birlashgan daryo bo‘lur, tarqalgan irmoq bo‘lur. 2. Bolali uy — 
bozor, bolasiz uy — mozor. 3. Bor maqtansa topilur, yo‘q maqtansa 
chopilur. 4. Do‘st achitib gapirar, dushman — kuldirib. 5. Yomonning 
yaxshisi bo‘lguncha, yaxshining yomoni bo‘l. 6. Yo‘g‘on cho‘ziladi, 
ingichka uziladi. 7. Kam gapirsang, ko‘p eshitasan. 8. Oyoq kiyiming tor 
bo‘lsa, dunyoning kengligidan ne foyda. 9. Erni er qilgan ham xotin, qaro 
yer qilgan ham xotin. 10. Qo‘y bir terining ichida necha ozib, necha 
semiradi. 11. Holvani hokim yer, kaltakni yetim yer. 12. Aytar so‘zni ayt, 
aytmas so‘zdan qayt.
Тayanch tushunchalar 
antonimlar (ziddoshlar), lug‘aviy (leksik) antonimlar, affiks (qo‘shimcha 
holatidagi) antonimlar, zidlash san’ati (tazod). 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling