Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
-mashq. «Bugungi harakat — ertangi barakat» mavzusida ijodiy insho yozing
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
16-mashq. «Bugungi harakat — ertangi barakat» mavzusida ijodiy
insho yozing. 17-mashq. Gaplarni yozing va qora harflar bilan yozilgan so‘zlarni tarkibga ajrating. 1. Biz hech kimdan kam emasmiz, agar bahamjihat bo‘lib, aql- zakovatimizni to‘la ishga solib mehnat qilsak, albatta, eng taraqqiy etgan mamlakatlarga yetib olamiz. 2. Тarixga «Kompyuter asri» nomi bilan kirgan ushbu asr nafaqat bizning O‘zbekistonda, balki butun jahonda o‘chmas iz qoldiradi. 3. Ey odam farzandlari, umrlaringizni tavba va yaxshi amal bilan bezanglar, boshqalarga yomonlik qilishdan o‘zingizni saqlanglar. 4. Dunyo yaralibdiki, eng ezgu qadriyatlar, urf-odatlar, milliy iftixor tuyg‘ulari millatlarni asrlar davomida ma’naviy kamol toptirib, aqliy salohiyatini uyg‘otib keladi. (M. Mirzo) 5. Ilmga tashnalik, til bilish, bilim olishga ishtiyoq, hayotni yaxshilashga jaddu jahd meni xursand qiladi. 6. Istiqlol bergan eng buyuk ne’mat o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va oriyatni tiklash bo‘ldi. (Gazetadan) 18-mashq. Ko‘chiring, asos va so‘z yasovchi qo‘shimchalarni aniqlang. Millatlarning o‘z milliy qadriyatlariga e’zozi, hurmati va sadoqati qanchalar ulug‘ bo‘lsa, ularning jahonda tutgan o‘rni, nufuzi ham shunchalar yuksak bo‘lib borar ekan. Shunisi quvonchliki, dunyoga o‘z ezgu-qadriyatlari bilan mashhur bo‘lgan xalqlar ichida biz Vatan deb e’zozlayotgan shu qadim yurtning, ajdodlarimizning ham o‘z o‘rni bor. Ayni paytda, o‘z qadriyatlarimizning umuminsoniy jihatlaridan faxrlanish bilan birga, o‘zga millatlarning betakror urf-odatlariga hurmat bilan qaraymiz. Men yoshligimdan hindlarning mehmon kelganda, nikoh va boshqa marosimlarda qadrdonlari bo‘yniga gulchambar taqishlaridan ta’sirlanaman. Yana hindlarning ota-onasi bilan ko‘rishayotganda egilib xokiрoyini ko‘zga surtishlari, hatto hind ayollarining turmush o‘rtog‘iga nisbatan shunday hurmati ham men uchun nihoyatda go‘zal va betakror bo‘lib tuyuladi. Yaponlar-chi, rahbarmi, oddiy ishchimi, ayolmi yoki erkakmi, bir-birlari bilan duch kelganda nim tabassumda egilib salomlashadi. Butun dunyodagi juda ko‘p xalqlar biz — o‘zbeklarning ota-onaga, ustozga bo‘lgan hurmatimiz, nonga nisbatan e’zozimiz, marhumlar ruhiga bo‘lgan e’tiborimiz, tug‘ilib o‘sgan makon — Ona yurtga mehr- muhabbatimiz, duoni qadrlashimiz, mahalla-ko‘ydagi oqibatimiz, ibo, hayo, sadoqat, or-nomusni joyiga qo‘yishimizga havas bilan qarashadi, tan berishadi. (M. Mirzo) 19-mashq. Matnni o‘qing, o‘zbek tilining rivojiga munosib hissa qo‘shgan qanday tilshunos olimlarni bilasiz, ular haqida so‘zlab bering. ALIBEK RUSТAMOV (1931) Filologiya fanlari doktori (1968), professor (1968), O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Alibek Rustamov (1995) o‘zbek tili tarixi, tilning badiiy-estetik vazifasi, tilshunoslikning umumiy masalalari bo‘yicha bir qancha asarlar yaratdi. Xususan, «Navoiyning badiiy mahorati» (1979), «Qofiya nima?» (1975), «Mahmud Zamahshariy» (1971), akademik G‘anijon Abdurahmonov bilan hamkorlikda yozgan «Alisher Navoiy asarlarining grammatik xususiyatlari» asarlari alohida qimmatga ega. Akademik Alibek Rustamov oliy o‘quv yurtlarida filologiya ta’limini yuksaltirish sohasida tinimsiz mehnat qilmoqda. Jumladan, G‘anijon Abdurahmonov bilan hamkorlikda yozgan «Qadimgi turkiy til» (1982) o‘quv qo‘llanmasi qadimgi turkiy manbalarni o‘qish va ularni tahlil etish bo‘yicha talabalarning doimiy hamrohiga aylanib qoldi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling