kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo‘lgan
til birliklari barqaror birikmalar deyiladi.
Barqaror birikmalarning eng xarakterli belgilari quyidagilar:
1. Nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik: nutqqa tayyor holda olib
kirishlik.
2. Ma’no butunligi.
3. Тuzilishi va tarkibining barqarorligi. Barqaror birikmalardan o‘rinli
foydalanish nutq go‘zalligini ta’minlaydi,
shuning uchun ular nutqimiz
ko‘rki hisoblanadi.
Barqaror birikmalarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi paremiologiya
(lot.
parema —
barqaror,
logos — ta’limot), barqaror birikmalar lug‘atini
tuzish muammolarini o‘rganuvchi bo‘lim esa paremiografiya (lot.
parema
— barqaror,
grofho — yozmoq) sanaladi.
142-mashq. Quyida berilgan barqaror birikmalardan foydalanib,
gaplar
tuzing. Birikmalar ma’nolarini izohlang.
Yerga ursa ko‘kka sachraydi, yaxshi ko‘rmoq, me’dasiga tegmoq, yuragi
toza, tepa sochi tikka bo‘lmoq, ko‘nglida kiri yo‘q, og‘ziga tolqon solmoq,
podadan oldin chang chiqarmoq, oq ko‘ngil, ko‘nglini yozdi, o‘takasi
yorildi, tishini tishiga qo‘ymoq, iрidan ignasigacha, og‘zining tanobi
qochadigan.
143-mashq. Quyidagi iboralarni yozing. Ular yordamida gaplar tuzing.
Ishtahasi karnay, qo‘ling dard ko‘rmasin, og‘zi
ochilib qoldi, gullab
qo‘ydi, ko‘kragini
yerga bermoq, loy bo‘lmoq, misi chiqmoq, tuyog‘ini
shiqillatmoq,
aravani tortmoq, og‘zi qulog‘iga yetmoq, tegirmonga tushsa
butun chiqmoq, boshi osmonga yetmoq, arpasini xom o‘rmoq, taqdirga tan
bermoq, quloq solmoq, misi chiqdi.
144-mashq. Ixtiyoriy mavzuda matn tuzing.
Unda iboralardan unumli
foydalaning.
Do'stlaringiz bilan baham: