1. Unga yetib olganimda,
vujudimni sevinch qoplagan, kutilmagan
uchrashuvdan boshim osmonga yetgan edi. (
O‘. Umarbekov) 2. Issiqning va
yog‘liq ovqatlarning damini kesish uchun hech kim piyoladan, choynakdan
qo‘l uzmas edi. (
Oybek) 3. Ba’zan davon oshishingga ko‘zing yetmay,
yuraging orqangga tortib ketadi. 4. So‘nggi bir-ikki soat ichida yuz bergan
bu ikki quvonchli hodisa Rahim Saidovning boshini aylantirib qo‘ygan, kim
bilandir ularning o‘rtoqlashgisi kelib qolgan edi. 5. Voy, qulog‘ingizga
tanbur chertyapmanmi? Uzukni-da. Qarang, shunaqasi menga juda yarashar
ekan. (
O‘. Umarbekov) 6. Тansiq go‘yo bo‘g‘ilganday uh tortdi. Shunday
qarindoshlarni ko‘kka ko‘targan dadasidan xafa bo‘ldi u. (
Oybek) 7. Zokir
o‘z bo‘yniga olgan tashvishining naqadar qiyinligini endi sezdi. (
P.
Qodirov) 8. Ammo Egamberdi mashinaning quli.
Тez orada uncha-muncha
mexanikka ham so‘z bermay qo‘yadi u. (
Oybek) 9. Bu yoqda Jamol
Bo‘riboyevday og‘aynilari bo‘lgan, yulduzni
benarvon uradigan bunaqa
odamlardan hayiqmoq kerak. (
O. Yoqubov) 10. Rabbimning marhamatiga
loyiq
yashamoq, dunyo noz-ne’matlariga shukur keltirmoq, dard
yopishganida sabr-toqatli bo‘lmoq, baxtli onlarida es-hushini yig‘ishtirib
olmoq chinakam mo‘minning fazilatidir. (
Gazetadan)
146-mashq. Keltirilgan frazeologizmlarga antonimik juft bo‘ladigan til
birliklari tanlang va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Yerga urmoq,
ichi qora, qo‘li egri, pixini yorgan,
sirkasi suv
ko‘tarmaydigan, qildan qiyiq topmoq, terisiga sig‘may ketdi,
yer bilan
yakson qilmoq, iрidan ignasigacha.
147-mashq. Badiiy asarlardan frazeologizmlarga misollar topib yozing,
ularni izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: