Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
148-mashq. Тo‘rtliklarni o‘qing. Iboralarni topib, uslubiy xususiyatlarini 
tushuntiring. 
1. Bilaman, ta’rifing so‘zga sig‘maydi,
Go‘zallik haqida gap sotmoq bekor.
Dildagi husndan andoza olgan —
Go‘zalliging qalbni etadi takror.
2. Yurak og‘rir, sezdirmaydi til,
Jism mag‘rur, bo‘zlaydi ko‘ngil


Bu keng dilga sig‘olmaydi qil
Men kutgan kun, sen kelmagan kun.
3. Bir kun ko‘zlarimdan qochdi uyqular,
Bir kun yuragini ochdi tuyg‘ular... 
Men seni esladim entikib, yonib,
Men seni izladim baridan tonib.
Sen ilk muhabbatim, vafoli yorim,
Sensiz qo‘shig‘imni aytolmadim men. 
4. Yangi tong, do‘stginam, boshlanmay turib 
Ushbu tun bag‘riga birpas tut quloq.
Bu tunning bag‘rida g‘ofil bo‘linmas,
Bu tunning bag‘rida baxting bor oppoq.
(Nazira as-Salom) 
12.2. BARQAROR BIRIKMALAR ТASNIFI 
Barqaror birikmalar nutqqa tayyor holda olib kirilishi, tarkibiy 
qismlarining barqarorligi belgisiga ko‘ra umumiylikni tashkil etsa ham
ma’no butunligi nuqtayi nazaridan turlichadir. Shunga ko‘ra barqaror 
birikmalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
1. Frazeologizmlar.
2. Maqol va matallar.
3. Aforizmlar.
Barqaror birikmalarning bir guruhi tarkibidagi so‘zlar ma’no jihatdan 
uyg‘unlashib, mazmuniy yaxlitlikni vujudga keltiradi va ko‘pincha 
mazmunan bir leksemaga teng keladi va ko‘chma ma’noda ishlatiladi. 
Masalan, qulog‘i ding bo‘lmoq — hushyor bo‘lmoqqovog‘i osilmoq — 
xafa bo‘lmoq, og‘zining tanobi qochdi — quvonmoq kabi. 
Ma’no yaxlitligiga ega bo‘lgan va nutqiy jarayonga qadar ikki 
va undan ortiq so‘zlarning barqaror munosabatidan tashkil 
topgan, nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi ko‘chma ma’nodagi 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling