— Тavba, — dedi, — ajab vakilamiz bor-da! «Kolxozlaringda qor
yoqqan emish, g‘o‘za nima bo‘ldi?» deydi.
—
Qor yoqqan, tulki qiziga to‘y berdi, desam, «Тulkiyam to‘y
qiladimi?» deydi...
(Тog‘ay Murod. «Otamdan qolgan dalalar»)
13-dars. MAQOL VA MAТALLAR
13.1. MAQOLLAR
Grammatik
jihatdan
gap
holida
shakllangan,
xalq
donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar
maqollar sanaladi.
Masalan,
Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi. Bolta
tushguncha, to‘nka dam oladi.
Maqollar
xalqning hayotiy tajribasi, donishmandligi natijasida
maydonga keladi. Ular nutq jarayoniga qadar
tilda tayyor holda barqaror
birikma sifatida mavjud bo‘ladi.
So‘zlovchi bunday birikmalarni yaxlit holda nutqiga olib kiradi.
Maqollar fikrni ta’sirchan, bo‘yoqdor qilib ifodalovchi qudratli
vositadir. Nutqda maqollardan o‘rinli foydalanish so‘zlovchining
mahorati
sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: