Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

13.2. MAТALLAR 
Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, to‘g‘ri ma’noda 
qo‘llaniladigan, xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan 
barqaror birikmalar matallar hisoblanadi. 
Masalan,
Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan dog‘. 
Qimirlagan qir oshar. 
Matallar ham xuddi maqollar singari xalqning hayotini uzoq davrlar 
mobaynida kuzatish orqali hosil qilgan hayotiy tajribasining ixcham shaklda 
ifoda topishidir. 
161-mashq. Sh. Shomaqsudov va Sh. Shorahmedovning «Hikmatnoma» 
(«O‘zbek maqollarining izohli lug‘ati») kitobidan olingan quyidagi izohni 
o‘qing. Siz ham matallarga misollar keltirib, ularning variantlarini topib 
izohlang.
AVVAL O‘YLA, KEYIN SO‘YLA 
Jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlarda so‘zlashish odobiga qat’iy rioya 
qilishlari zarurligi ta’kidlanadi. Kishi aytadigan har bir so‘zi (gapi)ni avval 
o‘ylab olishi, so‘ngra so‘zlashi lozim. O‘ylamay aytilgan so‘z kishini 
ko‘pchilik oldida uyalib qolishiga, hatto fojeiy ahvolga tushishiga sabab 
bo‘lishi mumkin. «So‘zni ko‘ngilda pishqarmaguncha, tilga kelturma va har 
nekim ko‘ngilda bor tilga surma». (Navoiy) Variantlari: «O‘ylamaguncha 
so‘ylama», «Ko‘p o‘yla, oz so‘yla», «O‘n qatim o‘yla, bir qatim so‘yla», 


«Dilda pishir, tilda gapir», «O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir», «Тez 
so‘zlagan tez pushmon bo‘lar» va hokazo. 
162-mashq. Dunyo xalqlarining tillaridan olingan maqollar va 
matallarni o‘qing. Ularning o‘zbek tilidagi muqobil variantlarini topib, 
izohlang. 
 
163-mashq. Gaplarni o‘qing. Ularda ilgari surilgan g‘oya haqida fikr 
yuriting. Matallarni belgilang. 
Aql aqldan quvvat oladi. Ahmoqning aqli — to‘pig‘ida. Davlat bitar, 
bilim tugamas. Go‘zallik — ilm-u ma’rifatda. Тirmashgan tog‘dan oshar. 
Yurti boyning o‘zi boy. Eldan ayrilguncha, jondan ayril. Ari zahrini 
chekmagan bol qadrini bilmas. Daryo suvini bahor toshirar, odam qadrini 
mehnat oshirar. Yigit husni mehnatda. Kiyimning yangisi yaxshi, do‘stning 
— eskisi. Dono bilan nodon bitta buloqdan suv ichmas. Тeran daryo tinch 
oqar. Ilm — tubsiz quduq. Yolg‘onning umri qisqa. Do‘stlik — barcha 
boylikdan afzal... Sabr tog‘ni yiqitar. Marddan ot qolur, nomarddan — dod. 
Hunar oshatar, mehnat yashnatar. Ko‘klam — mehnat bilan ko‘rkam. 
Kumushdek ter to‘ksang, gavhardek dur olasan. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling