Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
 
 
 
14-dars. HIKMAТLI SO‘ZLAR (AFORIZMLAR).
ТAKRORLASH
 
14.1. HIKMAТLI SO‘ZLAR (AFORIZMLAR) 
Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalqning 
turmush tajribasiga tayanib ma’lum bir shaxs tomonidan 
yaratilgan qisqa, obrazli barqaror birikmalarga hikmatli so‘zlar 
(aforizmlar) deyiladi.  
Masalan,
Odami ersang demagil odami,
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.  
 
 
 
 
(A. Navoiy) 


Hikmatli so‘zlar (aforizmlar) barqarorlik, mazmuniy yaxlitlik, takroriylik 
(ya’ni nutqda doimo bir xil tuzilishda quyma holda takrorlanish) belgilariga 
ko‘ra boshqa barqaror birliklar bilan umumiylik kasb etsa ham, aniq 
muallifining borligi bilan ulardan farq qiladi. 
Hikmatli so‘zlarni o‘rganib, xotirada saqlab, nutqda o‘rinli qo‘llay bilish 
kishining so‘z san’atkori, donishmand bo‘lishini ta’minlaydi. 
Rebusni yeching. Тushirib qoldirilgan harflarni yozish natijasida hosil 
bo‘ladigan hikmatli so‘zni toping. 
Javobi: 
Dehqoni boy yurt qudratli bo‘lur, qudratli yurtning dehqoni boy bo‘lur. 
(I. Karimov) 
164-mashq. Alisher Navoiyning qanday hikmatli so‘zlarini bilasiz? 
Ulardan o‘ntasini ko‘chirib yozing. Ma’nosini sharhlab bering. 
VAТANGA OID HIKMAТLI SO‘ZLAR
1. Vatan — onaning ko‘ksidan boshlanadi. 
2. Vatan tuyg‘usining manzillari beshikdan qabrgachadir. 
3. Vatanni sevish hissi — bu shunchaki tug‘ma mayl emas, u sarbaland 
va muqaddas tuyg‘udir. 
4. Vatan tuprog‘i oyoqdan emas, balki qadoq bog‘lagan qo‘llardan bo‘sa 
olgisi keladi.
5. Belingiz Vatan yukidan bukchaysin.
6. Vatan yuki zalvorli bo‘lsa-da, maloli yo‘q. 
7. Quyoshga juftlik yarashmaganidek, Vatanning ham sherigi yo‘q. 


8. Vatan sadaqaga berilmagan, uni bizga taqdir ato etgan.
9. Vatan — eng katta taqdir. 
10. Sen Vatanni madh etgan minbar — mehrobdir. 
11. Iymon — vijdonning qiblasi. Vatan ham bamisoli qiblagohdir. 
12. Vatan nechog‘li ulkan bo‘lmasin, u qalbga ham, ko‘z qorachig‘iga 
ham jo bo‘la oladi. 
13. Vatan ishqi oshiq sevgisidek qalbning tub-tubidan joy olgan bo‘ladi. 
14. Vatan xokini to‘tiyoga aylantirish uchun al-kimyogar bo‘lish shart 
emas.
15. Vatanfurush o‘z oltin beshigini pullaydi. 
16. Vatan tuyg‘usi ustuvor yurtda vatanfurushning bozori kasoddir. 
(Murod Xidir) 
Yuqoridagi fikrlarni yozing va mag‘zini chaqing. Siz ham Vatan 
haqidagi hikmatli fikrlarni davom ettiring. Ot so‘z turkumining ishlatilishiga 
e’tibor bering. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling