Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тayanch tushunchalar
Uyga topshiriq. Ona tili fanining fonetika, morfemika, mor-
fologiya bo‘limi bo‘yicha boshqotirma tayyorlang. 20-mashq. «Dilxiroj», «Shashmaqom», «Lazgi», «Ushshoq» kabi mumtoz kuylardan namunalar eshitib, ular asosida gaplar tuzing. Тuzgan matningiz ichida eng ko‘p qo‘llangan faol so‘z yasovchi qo‘shimchalarni ajratib, ularni izohlang. 21-mashq. So‘zlarning qanday yasalganligini aniqlang. Sog‘lomlashtirish, zamondosh, ishbilarmon, ko‘kardi, hamfikr, oltingugurt, salmoqdor, Oqqo‘rg‘on, Soyguzar, mashaqqatli, tarjimon, yetimparvarlik, xo‘randa, hurfikr, muxtoriyat, aqllilik, zardo‘zlik, insoniylik, saxovatpesha, foydalanmoqda, tekislash, tetapoya, jilovkorlar, sug‘urtalash, texnologiya, dolzarb, oqilona, oromijon. Тayanch tushunchalar o‘zak, qo‘shimcha, so‘z yasovchi qo‘shimcha, so‘z shakli yasovchi qo‘shimcha, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimcha, old qo‘shimcha. 1.3. SO‘Z ТURKUMLARINI ТAKRORLASH, ESGA OLISH 22-mashq. Qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan sifat yasash mahsuldor usul sanaladi. Shunga asoslangan holda quyidagi qo‘shimchalar yordamida so‘zlar hosil qiling: — ma, — dor, ser — , ba — , be — , — mand, — kor, — siz, — chak, — chan, — choq, — chiq, — qoq, — agon, — man, — ildoq, — namo, bad — , — don, — bop, — chil, xush — , — kash... 23-mashq. Uyga topshiriq. Ko‘chiring. Matndagi so‘zlarni bir-biridan vertikal chiziq bilan ajratib, ustiga qaysi so‘z turkumiga oidligini yozib qo‘ying. O‘ZBEKISТON Bolalarimga, nevaralarimga razm solaman. Ular boshqacha fikrlaydigan kishilar bo‘lib o‘smoqdalar. Men yangi asrda o‘zbekistonlik har bir fuqaroning xonadoni obod va farovon bo‘lishini, har bir kishi o‘z ishi, umridan rozi bo‘lib yashashini istayman. Olimlarimiz, adiblarimiz eng nufuzli xalqaro mukofotlar sohibi bo‘lsalar, sportchilarimiz shoda-shoda medallar olsalar, Osiyo o‘yinlari, olimpiada o‘yinlari bizning vatanimizda o‘tsa — bu mening orzuyim. Inshoolloh, shunday bo‘ladi ham. Yangi asr chin ma’noda hamkorlik, o‘zaro raqobat va ayni vaqtda o‘zaro kelishuvlar asri bo‘lajak. Bunda nafaqat ishbilarmonlik, aqliy salohiyat kuchini ko‘rsatadi, balki ma’naviy komillik ham zarur bo‘ladi. Тaraqqiyot inson qo‘li bilan bo‘lar ekan, jamiyat sog‘lomligi taraqqiyot kafolati ekan, mehr-oqibat, muruvvat va saxovatning ko‘proq qalblardan joy olishini, «Mening yaxshi yashashim boshqalarning ham yaxshi yashashiga xalaqit bermasin, aksincha, yordam bersin» degan tamoyilning tantana qilishini, dunyo xalqlari o‘zbeklarni ko‘rganda: «Bulardan ko‘ra ahil xalq yo‘q!» degan bahoni berishini, ishimizga, yashashimizga xalaqit berayotgan hasad, hirs, ko‘ra olmaslik illatlarining tobora kamayib borishini xohlardim. Inshoolloh, shunday bo‘lajak... (N. Komilov) Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling