Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

168-mashq. Hadislarni o‘qing. Ularning hayotimizga naqadar to‘g‘ri 
kelishi haqida fikr yuriting. O‘zingiz ham hadislarga namunalar ayting va 
daftaringizga yozing. 
Kasbning eng yaxshisi kishining o‘z qo‘li bilan bajarilgan ishi va halol 
savodi. Sadaqaning afzali musulmon kishining ilm o‘rganib, so‘ng boshqa 
musulmon birodarlariga ham o‘rgatishi. Halol kasbdan charchab uxlagan 
odam gunohlari kechirilgan holda tunaydi. Ilmni yozib qo‘yish bilan 
bog‘lab olinglar. Ilm ibodatdan afzal. Jannat onalar oyog‘i ostidadir. Kimki 
shoshmay, sabr-qanoat bilan ish qilsa, qilgan ishi to‘g‘ri chiqadi. Saxiy 
kishining taomi shifodir. Odamlar bilan murosa-yu madoraga kirishish ham 
sadaqa hisoblanadi. 
169-mashq. Matnni o‘qing va undan o‘zingizga tegishli xulosa chiqarib 
oling. Aflotunning o‘z shogirdi Arastuga qilgan nasihatlari. 


Hamisha ilm payida bo‘lib, qalbing ham, ko‘zing ham doimo bedor 
bo‘lsin. Uyqu va oromni o‘ylab bugungi ishni ertaga qoldirma. Badbaxt 
shunday kishiki, ishining oqibatini o‘ylamaydi, gunoh ishlardan o‘zini 
tiymaydi. Barchani birdek sev, biror kishi baloga duchor bo‘lsa, unga 
ko‘mak qo‘lini cho‘z. Har kimning gapini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini 
bilmay turib, tekshirmay turib, hukm chiqarma. Qaysi ishda bo‘lmasin, 
sustkashlik qilma. Yaxshilik qilishda chegara bor deb o‘ylama. Hakimlar 
hikmatini yod ol. Mol-dunyo hirsini ko‘nglingdan quv. Yoqimli odoblardan 
ko‘z yumma. Тuban ishlarga qo‘l urma. Hamma bilan gaplashganda ham 
kamtarlikni qo‘ldan berma. Birovni xor sanama, hamisha adolatni o‘zingga 
shior qil! 
Savol va topshiriqlar  
1. Barqaror birikma deganda nimani tushunasiz? 
2. Barqaror birikmaning qanday turlari mavjud?
3. Frazeologizm nima?
4. Maqol va matal deganda nimani tushunasiz?
5. Qanday birikmalar hikmatli so‘zlar (aforizmlar) sanaladi?

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling