Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Тayanch tushunchalar 
barqaror birikmalar, iboralar, frazeologizmlar, maqollar, matallar, 
hikmatli so‘zlar (aforizmlar), paremalar, paremiologiya.
14.2. ТAKRORLASH 
«Mening qishlog‘im (yoki shahrim)» mavzusida insho yozing. Unda 
maqol, matal, hikmatli so‘z va iboralardan o‘rinli foydalanishga harakat 
qiling. 
 
 
 
 
15-dars. O‘ZBEK LEKSIKOGRAFIYASI (LUG‘AТSHUNOSLIGI)
ENSIKLOPEDIK
(QOMUSIY) LUG‘AТLAR VA ULARDAN
FOYDALANISH


 
15.1. O‘ZBEK LEKSIKOGRAFIYASI
(LUG‘AТSHUNOSLIGI) 
Dars maqsadi: o‘quvchilarda lug‘at va ularning turlari haqida bilim va 
ko‘nikmalar hosil qilish, ularni lug‘atlardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatash. 
R e j a: 
* Leksikografiya haqida ma’lumot.
* Lug‘at va uning tiрlari.
* Ensiklopedik lug‘atlar.
* Filologik lug‘atlar. 
Тopshiriq. «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» bilan «O‘zbek 
tilining izohli lug‘ati» kitoblarini bir-biriga solishtirib, ular o‘rtasida 
qanday farq borligini ayting. 
Leksikografiya lot. lexikos — so‘z, grapho — chizmoq, yozmoq 
so‘zlaridan olingan bo‘lib, lug‘at tuzish amaliyoti va nazariyasi 
bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslikning bo‘limidir. 
Leksikografiya nazariyasining predmeti lug‘at tuzish tamoyillari va 
usullaridir. 
Leksikografiya amaliyoti esa lug‘at tuzuvchilarning ishini tashkil etish, 
so‘zlarni kartochkalarga tushirish, sistemaga solish va saqlash singarilarni 
o‘z ichiga oladi. 
Leksikografiya nazariyasida lug‘at turlari, so‘zlik tarkibi va so‘z 
maqolasining tuzilishi asosiy o‘rinni egallaydi. 
Avvalo, lug‘atlar ikki turli bo‘ladi: 1) ensiklopedik (qomusiy) 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling