Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


ENSIKLOPEDIK (QOMUSIY) LUG‘AТLAR VA ULARDAN


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

15.2. ENSIKLOPEDIK (QOMUSIY) LUG‘AТLAR VA ULARDAN 
FOYDALANISH  
Ensiklopedik (qomusiy) lug‘atda turli xil tarixiy voqealar
tarixiy shaxslar, ilmiy tushunchalar va boshqalar o‘z ifodasini 
topadi. Umuman, ensiklopedik lug‘atlar ma’lum bir xalqning 
madaniy-ma’naviy, ilmiy-amaliy, siyosiy-iqtisodiy hayotiga doir 
barcha tushunchalarni qamrab oladi va bu tushunchalar unda o‘z 
izohini topadi. 
Qomusiy lug‘atlarni yaratish uzoq davom etadigan, mashaqqatli ish 
sanaladi. Unga kiritiladigan maqolalar tushunarli, ravon tilda berilishi, ular 
turli-tuman kartalar, sxemalar, rangli va oq-qora rasmlar, atoqli shaxslarning 
portretlari bilan bezatilishi lozim. 
Misol uchun 14 jildli O‘zSEning 1-jildini tayyorlash ishida 14 
akademik, 13 akademiyaning muxbir a’zosi, 88 fan doktori, professor, 539 
fan nomzodi va boshqa ko‘plab mutaxassislar qatnashgan. Unda 3350 ta 
maqola mavjud. Mazkur jild ustida 1965— 1971-yillar mobaynida 
tayyorlov ishlari olib borilgan. 
1971—1980-yillar oralig‘ida O‘zSEning 14 jildi nashrdan chiqqan. 
O‘sha davr uchun bu juda katta voqea edi, lekin ushbu qomusiy lug‘atdagi 
ko‘plab maqolalar bugungi kun talabiga javob bermaydi, eskirdi. Ularni 
qayta ishlash, mustaqillik mafkurasi nuqtayi nazaridan yoritish lozim bo‘lib 
qoldi. Shu tufayli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
«O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi»ni yaratish to‘g‘risida maxsus qaror 
qabul qildi. Ana shu qaror asosida 2000—2006-yillarda 12 jildli 
«O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» yaratildi. 


Тoshkent shahrida ensiklopedik lug‘atlar va kitoblarni nashr etish bilan 
shug‘ullanayotgan alohida muassasa — O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi 
Davlat ilmiy nashriyoti faoliyat ko‘rsatmoqda. 
173-mashq. «U kim? Bu nima?» («Bolalar ensiklopediyasi», 1987—
1988-yillar, 3 jildli) kitobidan olingan quyidagi matnni o‘qing. So‘ng 
istagan harfingizni ochib, o‘zingizga ma’qul bo‘lgan so‘zning izohini 
daftaringizga ko‘chirib oling, izohlang. 
Kitobdagi barcha maqolalar alfavit tartibida joylashgan. Birinchi kitob 
A—Y harflari bilan, ikkinchi kitob K—R harflari bilan, uchinchi kitob S—
H harflari bilan boshlanadigan maqolalarni o‘z ichiga oladi. 
Masalan, sizni «Buxoro» maqolasi qiziqtiradi. 1-jildning 99-betidagi B 
harfi mundarijasiga qarang. U yerda kitobdagi B harfi bilan boshlanadigan 
hamma maqolalar ko‘rsatib qo‘yilgan. «Buxoro»ni topdingiz-mi? Kitobning 
qaysi betida shu haqda hikoya qilingan? 150-betida. Mana, maqolaning o‘zi. 
Unda Ko‘hna Buxoro haqida, uning tarixi, ajoyib yodgorliklari to‘g‘risida 
hikoya qilinadi. Shu jilddan jiyda, zilzila, Ibn Sino, yo‘lbars kabi boshqa 
maqolalarni ham topishingiz mumkin. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling