Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Тopshiriqlar 
1. «Тovuq»ning ikki xil lug‘atda qanday izohlanganini tushuntiring.
2. Ensiklopedik lug‘at bilan izohli lug‘atning farqini ayting. 
3. «Gul»ning ensiklopedik va izohli lug‘atlarda qanday izohlanishini 
yozib ko‘rsating.
190-mashq. Quyidagi savollarga javob bering.
1. Lug‘at nima?
2. Lug‘atlar qanday guruhlanadi va turlarga bo‘linadi? 
3. Siz qanday lug‘atlarni bilasiz?
4. Istalgan lug‘at to‘g‘risida quyidagi reja asosida referat yozing:
I. Lug‘at kim tomonidan va qachon tuzilgan?
II. Lug‘at nomi kimlarga mo‘ljallangan?
III. Lug‘atda izohlangan so‘zlarning soni.
IV. Lug‘atda so‘zlarning joylashtirilishi.


V. Lug‘at maqolchasining mazmuniy mundarijasi. 
VI. Ma’noni izohlashning qanday usullaridan foydalanilgan? 
191-mashq. «O‘zbek tili faol so‘zlarining izohli lug‘ati» (Тoshkent, 
«Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati, 2001)dan sammit, 
tadbirkor, fermer, kollej, litsey kabi so‘zlarni topib, daftaringizga ko‘chiring 
va ularning qanday izohlanganligiga diqqat qiling.
Тayanch tushunchalar 
lug‘atshunoslik, leksikografiya, ensiklopedik (qomusiy) lug‘at, filologik 
(lingvistik) lug‘at, izohli lug‘at, tarjima lug‘at, imlo lug‘ati, etimologik 
lug‘at. 
 
 
 
 
18-dars. USLUBIYAТ
 
18.1. USLUBIYAТ VA NUТQ USLUBLARI ТASNIFI 
Dars maqsadi: o‘quvchilarda nutq uslublari va ularning turlari haqida 
bilim va ko‘nikmalar hosil qilish, ularni o‘z nutqlarida so‘zlardan o‘rinli 
foydalanishga o‘rgatish. 
R e j a: 
* Nutq uslublari va ularning turlari.
* Og‘zaki so‘zlashuv uslubi.
* Badiiy uslub. 
* Rasmiy uslub. 
* Ilmiy uslub.
* Publitsistik uslub. 
Radio, televideniye orqali taralayotgan suxandonlar nutqini har kuni 
eshitasiz. Gazeta-jurnallarda e’lon qilinayotgan xabarlarni o‘qiysiz. Badiiy 
asarlarni mutoala qilib, tilimizning badiiy-estetik quvvatidan bahramand 
bo‘lasiz. Fizika, matematika singari fanlarni ham o‘zbek tilida o‘qiysiz, shu 
bilan birgalikda ko‘cha-ko‘yda, oilada, mahallada turli yoshdagi kishilar 
bilan muloqotga kirishasiz. 


Agar yuqorida bayon qilingan nutqiy jarayonlarga e’tibor bilan 
qarasangiz, ularning hammasi garchi o‘zbek tilining bevosita voqealanishi 
bo‘lsa ham, lekin ma’lum jihatlari bilan bir-biridan farqlanishining guvohi 
bo‘lasiz. 
Demak, adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida 
qo‘llaniladigan bir necha ko‘rinishlari mavjud. Ana shunday ko‘rinishlari 
nutq uslublari hisoblanadi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling