Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida 
qo‘llaniladigan ko‘rinishi nutq uslublari deyiladi. 
O‘zbek tilining nutq uslublarini o‘rganuvchi tilshunoslik 
bo‘limiga esa o‘zbek tili uslubiyati deyiladi. 
O‘zbek tilining ichki tuzilishinigina o‘rganish bizga bu til haqida to‘la 
axborotni bera olmaydi, chunki til birliklaridan qachon, qayerda, qanday 
vaziyatda foydalana bilish ham katta ahamiyatga ega. Masalan, muhtaram, 
qimmatli, aziz singari so‘zlarni ma’lum shaxs bildiruvchi so‘zlarga faqat 
rasmiy, publitsistik uslublarda qo‘shib ishlatishingiz mumkin: Muhtaram 
Solijon Soqiyevich! Qimmatli aka, aziz opajon kabi. Bunday birikmalarni 
yoningizda siz bilan oddiy holatda jonli muloqot qilib turgan kishilarga 
qo‘llay olmaysiz. Agar shunday birikmalarni qo‘llasangiz, noqulay ahvolga 
tushasiz. 
O‘zbek adabiy tili quyidagi uslublar orqali namoyon bo‘ladi: 1) 
so‘zlashuv uslubi; 2) publitsistik uslub; 3) badiiy uslub; 4) rasmiy uslub; 5) 
ilmiy uslub. Bulardan so‘zlashuv uslubi og‘zaki nutqqa xos bo‘lsa, qolgan 
uslublar esa ham og‘zaki, ham yozma shakllarga ega. Masalan, ilmiy asar 
yoki ilmiy ma’ruza matni yozma nutqqa, ilmiy ma’ruzaning o‘zi esa og‘zaki 
nutqqa xosdir. Shuningdek, badiiy uslubning ham yozma va og‘zaki (xalq 
og‘zaki ijodi) ko‘rinishi borligini bilasiz. 
Тilimizda barcha uslublarda teng qo‘llaniladigan so‘zlar bo‘lishi bilan 
birga, faqat ayrim nutq uslublari uchun xoslangan so‘zlar ham mavjud. 
Shuning uchun so‘zlar ana shu belgiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: 1) 
uslubiy betaraf so‘zlar (masalan, so‘zlamoq, gapirmoq, uy, daftar, ovqat va 
boshqalar); 2) uslubiy xoslangan so‘zlar (mazkur, binobarin, dudoq, irin, 
qaroq, nigoh, tashlamoq, bayonnoma, nota va boshqalar). 
Savol va topshiriqlar 
1. Nutq uslublari nima va ular tilshunoslikning qaysi bo‘limida 
o‘rganiladi?


2. Nutqning qanday uslublari bor? 
3. Uslubiy betaraf va uslubiy xoslangan so‘zlarga misollar keltiring.
4. Nutq uslublarini bilishda bilimning qanday ahamiyati bor? 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling