Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

192-mashq. Berilgan matnning qaysi uslubga xosligini aniqlang va 
uning o‘ziga xos belgilarini aytib bering. 
Qaysi bir yili olis bir qishloqdan o‘gay akasi kelib, uch-to‘rt kun qo‘nib 
ketgan edi. U ham o‘ziga o‘xshagan mo‘min-musulmongina chol 
bo‘lganidan juda topishdilar. Har kun xonaqohga birga borardilar. 
— So‘fi, biror kasb peshasini tutmay o‘tib ketayotibsiz-a? — dedi akasi 
xonaqohga keta turib. 
— E-e, — dedi so‘fi cho‘zib va o‘zidan xursand kulimsirash bilan bir 
kulimsiradi, — mening davlatim hech kimda yo‘q, aka! Eshon bobo 
Xudoyimning sevgan quli, noz-u ne’mat to‘rt tarafdan suvday oqib turadi. 
Daryo bo‘yidamiz-u chanqaymizmi? G‘alati ekansiz. 
Shu kulimsirash bilan biroz borgandan keyin bu safar jiddiyroq qilib 
dedi: 
— Ahliyamiz ham uchiga chiqqan chevar, Xudoga shukur. Ojizamiz 
ham do‘ppi tikishga «farang» bo‘lib chiqdi! Ro‘zg‘orning ko‘p-kamlarini 
o‘zlari bitirishadi. Men bohuzur tasbehimni aylantirib yotsam bo‘la beradi.
(Abdulhamid Cho‘lpon) 
193-mashq. Quyidagi matnning qaysi uslubga oidligini aniqlang va 
unga tavsif bering. Uni namuna sifatida qabul qilib o‘zingiz ham shunga 
o‘xshash misollar toping. 
Тildagi har bir so‘z o‘z o‘rnida qo‘llangandagina nutqimiz ko‘rkam, 
jozibador bo‘ladi. 
Masalan, professor, dotsent, prorektor, rektor, direktor kabi so‘zlar 
rasmiy uslub uchun xos me’yor sanaladi, biroq qolgan uslublarda ularni 
aynan ishlatib bo‘lmaydi. Ishxonada «Professor E. Begmatov, sizni talabalar 
kutishyapti» deyish mumkin, lekin uyda unga o‘zining farzandlari «dada» 
deyishning o‘rniga «professor» deb murojaat qila olishmaydi — me’yor 
buziladi. 
194-mashq. Quyidagi matnning qaysi uslubga xosligini aniqlab, unga 
tavsif bering. 
Xudo ne’matlarin oliysi idrok,


Aqlni madh etar kimki dili pok.
Aql yo‘l ko‘rsatib, dilni etar shod
Har ikki olamda aqlli obod.
Aql bir tirik jon — bilmaydi zavol,
Aql turmush asli buni yodlab ol.
Aqldan g‘amginlik, shodlik, o‘ktamlik,
Aqldan borlig-u yo‘qlig-u kamlik.
Kishi ish qilarkan beaql-u idrok,
Bu ishdan bo‘ladi yurak-bag‘ri chok.
(Abulqosim Firdavsiy)  

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling