Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

196-mashq. Gaplarni o‘qing, og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos o‘rinlarni 
izohlang. 
Otasi yoki u tengi boshqa kishiga «paxan», «boboy», onalariga 
«babulya», «babushka», «kampirsho», aka-ukalariga nisbatan «brat», 
«bratan», «bratishka» deb murojaat qilayotgan noqobil farzandlarning 
bunday noxush so‘zlari quloqqa og‘ir eshitiladi. 
Ayrim hollarda esa ismlarning ruscha—hindcha shakllarda o‘rinsiz 
qisqartirilib aytilishi ham yoqimsiz tuyuladi. Xayrishka, Masha, Borya, 
Gulya kabi. 


Ko‘cha-ko‘yda, avtobuslarda, o‘quv dargohlarida «xey», «vey», «xov» 
deb yoki hushtak chalib chaqiradigan, yor-do‘stlariga Baxti, Mamash, Alish 
deya murojaat qiladigan yoshlar ham uchrab turadi. 
Bularning hammasi o‘ta madaniyatsizlik, odob me’yorini bilmaslik 
sanaladi. 
(A. Mirzaboboyev)  
197-mashq. Mirza Karimning «Mohlaroyim» romanidan olingan 
parchani o‘qing. Og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos o‘rinlarni topib belgilang. 
Darvoza zulfini tushib, eshik qiya ochildi, oppoq ro‘molga o‘ralgan 
kampirning mushtdekkina boshi ko‘rindi. 
— Voy-oy, o‘lay, kimsan, yo‘lovchimisan yoki... Kir, kir, 
bo‘yginangdan tasadduq... 
Adolat yurishga holi qolmay, o‘zini kampir bag‘riga otdi. 
— Hay, hay, yiqitvoray deding-ku... Oyog‘ingda oyoq qolmabdi-ya? 
Kel, qo‘lingni ber, jonim. Ko‘taray desam jonim yarimta...
— Onajon... 
— Voy-oy, ona degan tillaringdan o‘rgilay. Nima bo‘ldi, jonim? 
Kampir darvozani yopayotib, ko‘cha tarafga nazar tashladi. Shu mahal 
uch otliq otlarini niqtagancha Quva tomon choptirib o‘tishdi. Kampirning 
yuragi shuv etdi. Darrov ko‘ngliga kelgan o‘yni quvib chiqarmoqchiday
ko‘ylagi yoqasini ko‘tarib, «puf-puf»ladi. Adolatni suyab uyiga olib kirdi. 
Uni yonboshlatib, sekin o‘rnidan turdi. 
— Bolam, kechagi ko‘mochim bor. Oqshomda chavati qilgandim, 
tatigin, xo‘pmi, o‘zingga kelasan...

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling