Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, tele-
videniye), Oliy Majlis yig‘inlarida, turli xil anjumanlarda
qo‘llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi.
Publitsistik uslub ikki xil shaklda namoyon bo‘ladi: 1) yozma
shakl; 2) og‘zaki shakl.
Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan bosh maqolalar, felyeton va
pamfletlar, murojaatnomalar,
chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik
uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan
siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari
esa publitsistik uslubning
og‘zaki shaklidir.
Publitsistik uslubning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan
ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo‘lishlik,
hozirjavoblik,
ta’sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubi ijtimoiy masalalarga
harakatchanliligi tufayli unda ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi
so‘zlar ko‘proq qo‘llaniladi. Masalan,
isyon, irqchilik, qo‘poruvchilar,
siyosiy tanglik, bitim va boshqalar.
Publitsistika bir qancha janrlarga ega. Har qaysi janrning o‘zi, masalan,
gazeta, radio, televideniyeda beriladigan reportajlar uslub va uslubiy
vositalari hamda o‘zida berilayotgan reportaj, pamflet, felyeton kabi nutqiy
vositalari jihatidan farqlanadi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan ularning
hammasi bir umumiy belgi asosida publitsistik nutqning turli ko‘rinishlari
sanaladi. U ham bo‘lsa, nutqning jamiyatga qaratilganidir.
Do'stlaringiz bilan baham: