Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
199-mashq. Maktubni o‘qing, publitsistik uslubga xos bo‘lgan o‘rinlarni 
topib, ularni izohlang. Siz ham biron-bir asar qahramoniga shunday maktub 
yozishga harakat qilib ko‘ring. 
ТURSUNBOYGA AYТAR SO‘ZLARIM! 
(Said Ahmadning «Ufq» romanidagi Тursunboyga maktub) 
Qishloqning bir xonadonida «chiroq yoqildi», ya’ni Jannat xola va 
Ikromjon tog‘a o‘g‘il ko‘rdilar. O‘g‘lining ismini Тursunboy deb atashdi. 
Samimiy odamlar xonadonida yoqilgan chiroq siz edingiz, Тursunboy! 
Siz yoshligingizdan ishyoqmas, dangasa, qo‘rqoq bo‘lib o‘sdingiz. 
Qarang, katta yigit bo‘lib ham qolibsiz. Afsuslar bo‘lsinkim, Jahon urushi 
bo‘lib qoldi. Sizni ham urushga chaqirtirishdi. Ota-onangiz ko‘plar qatori 
yakka-yu yolg‘izini Vatan himoyasiga yubordilar. Ular: «O‘g‘limiz jang 
qilib, xalqimni ozod, yurtimni obod qiladi», deb orzulagan edilar. Ammo, 
ammo... Ota-ona orzusi osmonga havodek uchib ketdi. Orzulari og‘zida 
qoldi. Siz urush qiyinchiliklariga dosh berolmay qochib ketdingiz, so‘ngra 
qishloqning chetida, to‘qayzorlar orasida berkinib yurdingiz. Buni 


onangizdan boshqa hech kim bilmas edi. Bechora Jannat xola... Har kuni 
o‘y-xayoli, hayoti to‘qayzorda bo‘lib qoldi. Otangizdan berkitib ovqat olib 
kelar edi. Buni o‘zgalar bilib qolishidan juda-juda qo‘rqar edi. 
Sizga maktub bitmoqdaman-u, xayolimga quyidagi misralar kelaveradi. 
Jannat xola zorlanayotganga o‘xshaydi nazarimda: 
Chakka o‘tgan eski tomga o‘xshayman,
Ko‘zimdan yomg‘irlar to‘kilar tinmay.
Bu yorug‘ dunyoda bormi, bilmayman,
O‘z o‘g‘lin yo‘liga intizor menday...
(M. Yusuf)  
Kunlar o‘tdi... Onangiz xastalana boshladi, chunki uni vijdon azobi 
qiynar edi. Faqat sizni o‘ylar edi. 
Kunlardan bir kuni Ona sizga og‘riyotganini aytdi, siz bu gapga parvo 
ham qilmadingiz, qo‘lidan ovqatni olib hayvonlarcha ovqat yeyar edingiz. 
Ha, siz faqat o‘zingizni, qorningizni o‘ylar edingiz. 
Siz to‘qayzordasiz... Ana shunday kunlarning birida ko‘chadan tobut 
ko‘tarib, yig‘i bilan mahalla-ko‘yingiz, qarindosh-urug‘laringiz, padaringiz 
Ikromjon ota o‘tib borar edi. Yuragingiz sezdi, tobut ichidagi sizning 
mushfiqqina onangiz Jannat xola edi. Yuragingizni g‘am-alam bosdi, chunki 
shunda Siz: «Endi menga kim ovqat olib keladi», deya alam chekdingiz. 
O‘shanda ham o‘zingizni o‘yladingiz. Onayizorga ozgina bo‘lsa ham 
achinmadingiz-a?! 
Nahotki, onangizni tuproqqa qo‘yib kelishga ham yaramagan 
bo‘lsangaz? Yo‘q! Sizni odam bolasi, deya olmayman. 
Тursunboy! Bir umr vijdon azobida qiynalishingizni xayolingizga 
keltirdingizmi? Shu payt sizni haqoratlagim keldi. Yo‘q! Yo‘q! Unday 
demayman, chunki har bir qilayotgan ishimizning oxiratda javobi bor-ku 
axir?! Sizni yuraksiz, dilsiz, zabonsiz, bir quriyotgan daraxtga qiyoslayman, 
xolos. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling