Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
surasi, 61-oyat)
Yana aytdi: «Men undan yaxshiroqdurman». («Sod» surasi, 76-oyat) Endi agar suratda tavozelik qilib yurganlar bo‘lsa, o‘z ibodatlaridan g‘ururlanib, ko‘ngillarida o‘zlarini boshqa gunohkor bandalardan yuqori qo‘ymasun. O‘zining gunohlarini eslasun. Har bir odamni ko‘rganda shu odam avliyomikin deb o‘ylash lozimligini aytganlar o‘tmish ajdodlarimiz. «Nega Xudoyim falonchini qilgan gunohlari uchun azoblamas ekan?» deguvchilar va boshqalarni past ko‘rguvchilarga ushbu hikoyat ibrat bo‘lsin. Shayx Hasan Basriy rahmatullohu alayhi daryo bo‘ylab kelayotir erdilar. Sohilda bir erkak bir xotun birla sharob ichib o‘lturg‘onini ko‘rdilar. Shayxning ko‘ziga bul ish makruh, ya’ni xunuk bo‘lib ko‘rindi: «Bular nechuk bandalarki, erkak birla xotun kishi sharob ichib o‘ltirg‘ay?» deb o‘zini alardin baland ko‘rdi. Shu paytda daryoda bir kema g‘arq bo‘ldi. Kemadagilar: «Ey, Xudoning bandasi!» deb nido qildilar, ya’niki madad so‘radilar. Sharob ichguvchi kishi o‘zini daryog‘a tashlab kemadagilarni mollari birla olib chiqdi, magar bir kishi qolib ketdi. Sharob ichg‘on kishi Hasan Basriyning qoshig‘a kelib «Ul kishi senga qoldi» dedi. Shayx daryog‘a qadam qo‘ydi ersa suvg‘a botub ketdi, holo ilgari suvning ustida xuddi quruqliqdagi kabi yurib, hatto namoz ham o‘qig‘on erdi. Qo‘rqib daryodan chiqdi. Boyagi kishi yana daryog‘a tushib qolgan odamni ham qutqardi. So‘ngra shayxga kelib aytdi: «Ey Hasan Basriy, bir martaba o‘zingni birovdan baland tutganing sababli daryog‘a botding, bundan so‘ng hargiz bundog‘ ish qilmag‘il. Ul ayol mening onam bo‘ladi. Seni sinamoq uchun onamni nomahram ko‘rsatib qo‘ydim. Ichg‘onimiz sut erdiki, sening ko‘zingga sharob qilib ko‘rsatdim». 28-mashq. She’rni badiiy o‘qish san’atiga rioya qilgan holda o‘qing, so‘ngra sifat turkumiga oid so‘zlarni topib, alohida yozib chiqing. SEN MILLAТNING MULKISAN So‘zi qudratli, sirli, Ham go‘zal, ham sehrli, Go‘yoki tirik jondek, Muhabbatli, mehrli, Go‘zal, janona tilim, Asl, durdona tilim. Dilimiz tarjimoni, Fikrimiz jism-u joni So‘zlar bo‘lsak so‘zimiz, Xaloskori, posboni, Ona til, ona tilim, Asl, durdona tilim. Sen millatning mulkisan, Chiroyisan, ko‘rkisan, Fe’l-atvori, ruhini, Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling