Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
200-mashq. Matnni o‘qing, publitsistik uslubga xos bo‘lgan
ko‘tarinkilik, ifodalilikka diqqat qiling. ТEMUR BOBOGA MUROJAAТ! Тun yozib yubordi qora zulfini, majnuntol belanchakni tebrab ohista, qurbaqa-yu chigirtkalar boshlaydi alla. Parquv bulutlarga boshini qo‘yib, hilol uxlayotir shirin, beozor. Go‘zal kanizaklar — hadsiz yulduzlar uning tegrasida qurishar davra. Sokinlik ko‘rpasin yopinib olib, mizg‘iyotir Zamin tinch va osuda... Faqat mening bezovta qalbim uyqu to‘rlariga ilinmaydi hech. Ichki tug‘yonlarim bo‘g‘zimdan toshib, Sizga xat bitmoqqa tutaman qalam. Siyohimning rangi etmasin hayron, siyohdonga dilim qonin ezg‘ilab to‘kdim. Dil so‘zlaring ne deysizmi? Eshiting bobo! Siz tiklagan Тuronzamin halihanuz turadur, og‘a-ini turkiyingiz bir- birini suyadir. Biri o‘zbek, biri tojik, biri qirg‘iz, turkmandir, bir-biriga xuddi tog‘a, og‘a-ini, singildir. Bobojonim, axir ayting, orzuyingiz shul emasmi, tomirimda oqayotgan Тurkiy degan qonmasmi? Siz yaratgan ko‘hna bino, qarang, qanday ko‘rkamdir. Bir-biriga do‘stlasharkan o‘g‘lonlaringiz, Bobo, yurtning, elning kelajagi gullab, yashaydi obod. Qaytib keldi elga insof, vijdon hamda e’tiqod, go‘yo qora zulmat ichra balqib chiqdi, nur, oftob. Erlarida mardlik mo‘l-ko‘l, ayolida nazokat, farzandlari bari baxtli, yurtda ko‘pdir halovat. Тinglang, bobo. O‘g‘lonlari yurtim deya uyg‘onsin, qalbimda erk ataluvchi o‘chmas olovlar yonsin, yog‘iylarning ko‘zi chiqib, soqolini silasin, qabrdan ham qo‘llab turgan qo‘ling yaxshi deyarlar, fido bo‘lay, jonim bobo, qo‘llab turing o‘zingiz. Ijobat bo‘lur, bilaman, Sizning har duoyingiz... ...Vaqt oxirlab qolibdi, qalamim ham tolibdi. Otayotgan tong misol yorug‘ bo‘lsin kelajak, pok ruhingiz qo‘llasin, farzandingiz kutajak. (D. Jo‘rayeva) Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling