Sizdan jannat qarzim bor, dada Aziz joningizga bo’lolmay davo
Download 13.13 Kb.
|
sher
Sizdan jannat qarzim bor, dada Aziz joningizga bo’lolmay davo, Mehr taralayotgan nurga o’xshaysiz. Garchi nigohlardan sezilmas ammo, Qachongacha bizni o’ylab yashaysiz . Sizdan jannat qarzim bor, dada! Bu dunyo sinovli yolg’onchi dunyo, Sizning-la bordirman ichra keng jahon O’tgaydur umringiz misoli daryo , Shukrimni eshitsin ul buyuk Rahmon. Sizdan jannat qarzim bor, dada! O’z dardin hech qachon oshkor etmaydi, Go’yo unut bo’lgay alamlar bari. Dadam kulganida dunyo porlaydi, G’am-tashvish dadamdan bo’lsinlar nari Sizdan jannat qarzim bor, dada! Qarzimni uzmoqqa, bo’lsa bir imkon , Dunyoda qolmasdi hech bir armonim Mehnat ila ayladiz siz meni inson, Yo’limni yoritgan nuri-jahonim Sizdan jannat qarzim bor, dada! Joningizga jon bo’lsaydi, bu jonim, Dunyo shodliklarin sizga tilarman. Nasib bo’lsa, ko’rgaysiz gullagan bog’im, Dunyoda eng baxtli inson qilarman. Sizdan jannat qarzim bor, dada!!! “Qiz bolani also demang , ojiza” Qizlari bor xonadondur koshona , Asli ular jannatdan bir nishona. Allohim berarkan taqdir , peshona Qiz bolani also demang , ojiza! Qiz boladir Allohdan bir mo’jiza ! Ba’zan yurak og’rib , ba’zan qon yig’lab Ba’zan ko’z yoshlari yuzlarin silab Shunda ham Allohdan bir umid tilab, Qiz bolani also demang , ojiza! Qiz boladir Allohdan bir mo’jiza ! Yosh vujudi ba’zan bo’lganda pora, Topolmay qolsa ham unga bir chora. Ularni ham tinglang, axir bir bora Qiz bolani also demang , ojiza! Qiz boladir Allohdan bir mo’jiza ! Yuzingizni yorug’, qilgay yuzingiz Ortingizdan bosar har bir izingiz. Ba’zan qirq yigitdan marddir qizingiz Qiz bolani also demang , ojiza! Qiz boladir Allohdan bir mo’jiza ! Abdiyeva Sharofat Samarqand Davlat Universitetining Kattaqo’rg’on filiali 1 – bosqich talabasi. Download 13.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling